bugungi kundagi davlatlararo munosabatlarda mintaqaviy hamkorlik va integratsiya masalalari tobora muhim o‘rinni egallab bormoqda.

Global iqtisodiyotning rivojlanish tendensiyalari va ular keltirib chiqarayotgan oqibatlar davlatlarni birinchi navbatda mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlashga e’tibor qaratishga undamoqda. Bunda, hozirgi zamonaviy sharoitlarda, mahalliy davlat hokimiyati organlarining, ayniqsa, mahalliy hokimiyat vakillik organlari ishtirokini keng miqyosda ta’minlash davlatlar oldida turgan asosiy vazifalardan biridir. Buning asosiy sabablaridan biri sifatida, davlatlararo iqtisodiy integratsiya jarayonlari ikki davlatning hududiy birlashmalari hamkorligidan boshlanishining maqsadga muvofiqligidadir. Chunki, davlatlararo munosabatlarda ma’lum bir masalalarni konsensus asosidagi yechimini topish maqsadida, oldin tor qamrovli hududiy integratsiyani yo‘lga qo‘yish hamda ushbu integratsiya keltirgan ijobiy natijalar orqali keng qamrovli integratsion jarayonlarga kirishish mumkin.

O‘zbekiston Respublikasida mahalliy vakillik organlari vazifasini xalq deputatlari mahalliy Kengashlari bajaradi, hamda ular o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining «Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida»gi va «Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida»gi qonunlariga asosan olib borishadi. So‘nggi yillarda, O‘zbekiston Respublikasida ham mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda.Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev 2020 yil 21 yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining birinchi majlisidagi nutqida «Mahalliy kengashlar faoliyatini samarali tashkil etish va ularning ish sifatini oshirish» bo‘yicha o‘z takliflarini berdi.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan bildirilgan mazkur takliflar asosida va «Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili» Davlat dasturining 15-bandida belgilangan vazifalarni bajarish maqsadida 2020 yilning 14 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasining «Xalq deputatlari kengashlari faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida»gi Qonuni qabul qilindi.  

Mazkur qonun orqali «Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida»gi va «Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida»gi qonunlariga xalq deputatlari Kengashlari faoliyatini takomillashtirishni nazarda tutuvchi tegishli o‘zgartishlar kiritildi. Qolaversa, «Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili» Davlat dasturining 266-bandida transchegaraviy hamkorlikda mahalliy vakillik organlarining rolini kengaytirish belgilandi. Mazkur banddagi vazifalarning belgilanishi mamlakatimizda olib borilayotgan demokratik islohotlarning davomi hisoblanadi. Xususan, transchegaraviy hamkorlikni yanada rivojlantirish sohasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 19 maydagi «Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni qabul qilingan, hamda mazkur Farmonda chet eldagi vatandoshlarimiz bilan muntazam va o‘zaro foydali munosabatlarni yo‘lga qo‘yish, xorijiy mamlakatlar bilan do‘stona munosabatlarni va madaniy-ma’rifiy aloqalarni mustahkamlashda «xalq diplomatiyasi»ning o‘rni alohida ekanligiga urg‘u berilgan. Undan tashqari, «xalq diplomatiyasi» mexanizmlaridan har tomonlama foydalanish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26 iyundagi «O‘zbekistonda Shanxay hamkorlik tashkilotining Xalq diplomatiyasi markazi tashkil etilishini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-3807-son Qarori qabul qilindi. Mazkur Qarorda O‘zbekiston Respublikasida Shanxay hamkorlik tashkilotining Xalq diplomatiyasi markazini tashkil etish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berish, hamda markazning SHHT doirasidagi har tomonlama millatlararo va xalqaro aloqalarining asosiy yo‘nalishlari belgilab berildi. Shu o‘rinda aytib o‘tish joizki, «Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili» Davlat dasturining 266-bandida belgilangan vazifalar mamlakatimizda amalga oshirib kelinayotgan demokratik islohotlarning davomi hisoblanib, bugungi kunda o‘ta dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

Avvalambor, mazkur band, transchegaraviy hamkorlikning eng dolzarb masalalarini hal qilishda mahalliy hokimiyat vakillik organlari xalqaro faoliyatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilashni nazarda tutishi bilan ahamiyatli hisoblanadi:

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 99-moddasiga muvofiq «viloyatlar, tumanlar va shaharlarda (tumanga bo‘ysunadigan shaharlardan tashqari) hokimlar boshchilik qiladigan xalq deputatlari Kengashlari hokimiyatning vakillik organlari bo‘lib, ular davlat va fuqarolarning manfaatlarini ko‘zlab o‘z vakolatlariga taalluqli masalalarni hal etishlari» belgilangan. Ya’ni, davlat va fuqarolarning manfaatlari doirasiga kiruvchi transchegaraviy hamkorlik ham, aslida xalq deputatlari Kengashlarining vakolatlari ob’ekti hisoblanadi va mazkur bandning amalga oshirilishi orqali xalq deputatlari Kengashining shu paytgacha foydalanmay kelinayotgan vakolatlarini jonlantirish maqsad qilingan. 103-moddasi ikkinchi xatboshida «viloyat, tuman va shahar hokimi tegishli xalq deputatlari Kengashiga viloyat, tuman, shahar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining eng muhim va dolzarb masalalari yuzasidan hisobotlar taqdim etishi, ular bo‘yicha xalq deputatlari Kengashi tomonidan tegishli qarorlar qabul qilinishi» belgilab qo‘yilgan. Bunda, xalq deputatlari Kengashiga viloyat, tuman, shahar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining eng muhim va dolzarb masalalari yuzasidan taqdim etiladigan hisobotlardan kelib chiqqan holda xalq deputatlari Kengashi tegishli qaror qabul qilishi lozim bo‘ladi. Mazkur hisobotlar ham, o‘z navbatida, xalq deputatlari Kengashlari tomonidan davlat va fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlariga mos transchegaraviy hamkorlik tashabbuslarining amalga oshirilishiga xizmat qiladi.Shu o‘rinda, Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili» Davlat dasturining 266-bandida mahalliy hokimiyat vakillik organlari xalqaro faoliyatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilash vazifasining konstitutsiyaviy asoslari mavjudligini alohida ta’kidlash joiz.

Qolaversa, bugungi zamonaviy innovatsion texnologiyalar bilan rivojlanayotgan yangi O‘zbekistonda ham «xalq diplomatiyasi»ning roli ortib bormoqda. «Xalq diplomatiyasi» deganda davlatlararo va xalqaro nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish, millatlararo madaniy aloqalarni mustahkamlash, davlatning xalqaro jamoatchilik aloqalarini kengaytirish tushunilishi mumkin. Bunda, davlatning oliy va hududiy vakillik organlari hamda bevosita xalqning o‘zi asosiy rol o‘ynaydi. 2020 yilning dekabr oyida O‘zbekiston Respublikasida «Parlament diplomatiyasi Konsepsiyasi»ning tasdiqlanishi esa yangi O‘zbekistonda «xalq diplomatiyasi»ni yanada rivojlantirish orqali tashqi siyosiy faoliyatda va xalqaro munosabatlarda O‘zbekiston Respublikasining milliy manfaatlarini yanada kengroq ifodalash imkoniyatini bermoqda. Shu nuqtai nazardan kelib chiqib, aytish mumkin-ki, transchegaraviy hamkorlikda mahalliy vakillik organlarining rolini kengaytirish tashqi siyosatida va xalqaro munosabatlarda O‘zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining manfaatlarini aks ettiradi. Shu o‘rinda bir narsani alohida ta’kidlash maqsadga muvofiq bo‘lar edi, bugungi globallashib borayotgan dunyoda har bir insonning o‘z xohish-istaklari

va talablari mavjud, hattoki bir davlatning hududida yashab kelayotgan insonlarning hududlar kesimidagi shart-sharoitlari, ehtiyojlari va hayotdagi maqsadlari turlicha bo‘lishi mumkin.Mahalliy vakillik organlarining transchegaraviy hamkorlikdagi rolining kengaytirilishi esa aynan mana shunday hududlar kesimidagi fuqarolarning manfaatlarini xalqaro munosabatlarda himoya qilish va aks ettirishning umume’tirof etilgan demokratik mexanizmlarini yaratish imkonini beradi.

Undan tashqari, qo‘shni hududlarning vakillik organlari o‘rtasidagi hamkorlikning yangi shakllari, usullari va mexanizmlarini ishlab chiqishni nazarda tutishi bilan dolzarb ahamiyat kasb etadi:

«2030 yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalar»ning 9.1-bandida «iqtisodiy rivojlanish va odamlar farovonligini qo‘llab-quvvatlash maqsadida sifatli, ishonchli, barqaror va chidamli infratuzilmani, shu jumladan, hududiy va transchegaraviy infratuzilmani rivojlantirish, bunda barcha uchun arzon va teng huquqli foydalanishni ta’minlash» belgilangan. So‘nggi yillarda, O‘zbekiston Respublikasida hududiy va transchegaraviy infratuzilmalarni hamda hamkorlikni rivojlantirish yo‘nalishida bir qator samarali ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Misol uchun, 2020 yilning 7 oktyabrida videokonferens aloqa formatida bo‘lib o‘tgan turkman-o‘zbek ishbilarmonlar kengashining birinchi yig‘ilishida oziq-ovqat va meva-sabzavot mahsulotlari logistikasi sohasidagi hamkorlik aloqalarini mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 2021 yilning 13 fevral kuni O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi tomonidan Buxoro viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari va “SFS Global Trade” turk kompaniyasining bosh direktori o‘rtasida videokonferens aloqa formatidagi muzokaralar tashkil etildi. Muzokaralar davomida Buxoro viloyat tadbirkorlarining Turkiya mintaqalari bilan zargarlik sohasi, elektrotexnika sanoati, turizm va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash sohalaridagi hamkorlik aloqalarini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. Undan tashqari, 2021 yilning 21 fevral kuni o‘zbek-qozoq chegarasidagi «G‘ish-Ko‘prik» bojxona nazorat punkti hududida O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri va Qozog‘iston Respublikasi savdo va integratsiya vaziri o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda, o‘zaro aloqalarning dolzarb masalalari qatorida transchegaraviy hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha aniq

chora-tadbirlarni amalga oshirish masalalari muhokama etildi. Mazkur holat, mahalliy ijroiya hokimiyati va vazirlik darajasidagi transchegaraviy hamkorlik yo‘lga qo‘yilganligini ko‘rsatadi, hamda transchegaraviy hamkorlik masalalarida endilikda asosiy vazifalardan biri ushbu jarayonga mahalliy hokimiyat vakillik organlarini ham jalb etish masalasi hisoblanadi. Shundan kelib chiqqan holda, ayni damda O‘zbekiston Respublikasi transchegaraviy hamkorlik masalalarida ochiqlik, do‘stonalik, hamkorlik, nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish va milliy manfaatlarga mos siyosat olib borayotganini ta’kidlash mumkin. Mahalliy hokimiyat vakillik organlarining qo‘shni hududlar vakillik organlari bilan hamkorligining yangi shakllari, usullari va mexanizmlarining ishlab chiqilishi, olib borilayotgan transchegaraviy hamkorlik jarayonlarida xalq tomonidan saylangan qonuniy vakillarning mazkur jarayonlarda o‘z fuqarolari manfaatlarini himoya qilishi, ularning manfaatlarini transchegaraviy hamkorlik darajasida ko‘tarib chiqishi va ayniqsa transchegaraviy aloqalarda mahalliy hokimiyat vakillik organlari nazoratining o‘rnatilishiga xizmat qiladi.

Xulosa o‘rnida aytish mumkin-ki, transchegaraviy hamkorlikda mahalliy hokimiyat vakillik organlari rolini kengaytirish, ular xalqaro faoliyatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, qo‘shni hududlarning vakillik organlari o‘rtasidagi hamkorlikning yangi shakllari, usullari va mexanizmlarini ishlab chiqish O‘zbekiston Respublikasida «xalq diplomatiyasi» mexanizmlarini rivojlantirgan holda, quyidagi ijobiy natijalarga olib kelishi mumkin:

birinchidan, zamonaviy bosqichdagi xalqaro munosabatlarda «xalq diplomatiyasi» mexanizmlarining roli tobora ortib bormoqda va transchegaraviy hamkorlikda mahalliy hokimiyat vakillik organlarining rolini kengaytirish O‘zbekiston Respublikasining qo‘shni davlatlar bilan uzoq istiqbolli masalalarini hal etishda har bir fuqaroning manfaatlarini inobatga olish hamda masalani tinch yo‘l bilan hal etishga imkoniyat yaratadi;

ikkinchidan, O‘zbekiston Respublikasi mintaqalarining qo‘shni hududlar bilan aloqalarida fuqarolar tomonidan saylangan qonuniy vakillarning nazoratini o‘rnatadi;

uchinchidan, O‘zbekiston Respublikasi mintaqalariga xorijiy investitsiyalarni jalb etishning yangi mexanizmlarini yaratish orqali, hududlarning rivojlanishida o‘z hissasini qo‘shadi;

to‘rtinchidan, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro munosabatlarida mahalliy hokimiyat vakillik organlari tomonidan har bir fuqaroning qonuniy huquq va manfaatlari himoya qilinishini ta’minlaydi.

Amirbek KENJAEV,

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi

Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari

instituti yetakchi ilmiy xodimi

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mahalliy vakillik organlarining xalqaro faoliyatini takomillashtirish