Oliy Majlis Senati Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga ko‘maklashuvchi komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Unda komissiya a’zolari, Senatning Hududiy vakillik organlari faoliyatini o‘rganish markazi vakillari, mahalliy kengash raislari va kotibiyat mudirlari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Majlisda Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030 yilga qadar rivojlantirish konsepsiyasining ijrosi muhokama qilindi.

Konsepsiyada belgilangan vazifalardan kelib chiqib, “Kuchli kengash – hisobdor va tashabbuskor hokim” tamoyili asosida mahalliy vakillik organlarini xalqning chinakam «ovoziga» aylantirish yo‘lida qator ijobiy ishlar amalga oshirilgani ta’kidlandi.

Xususan, “Kengash soati”, “Kengash so‘rovi” kabi institutlarning joriy etilishi, shuningdek, deputatlarning “mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda aholi muammolarini o‘rganish va hal etish borasidagi sa’y-harakatlari o‘zining ijobiy samarasini bermoqda. 

Shu bilan birga, kengashlar tomonidan qarorlar qabul qilishda qonuniylikni ta’minlash, kengash va uning organlari hamda deputatlar faoliyatini yanada faollashtirish, ularning aholi bilan bevosita muloqotini kengaytirish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi ustidan deputatlik nazoratining samaradorligini oshirishga doir masalalar tahliliy ko‘rib chiqildi.

Majlisda komissiya a’zolari, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i kengesi va xalq deputatlari viloyatlar kengashlarining qisqa axborotlari tinglandi.

Komissiya a’zolari tomonidan mahalliy kengashlar faoliyatini samarali tashkil qilishga qaratilgan qator tavsiyalar bildirildi.

N.Abduraimova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini rivojlantirish konsepsiyasi qanday bajarilmoqda?