"Mahalliy davlat hokimiyati töğrisida"gi qonunga özgartiriş va qöşimçalar kiritildi
Mahalliy Kengaşlarda rais örinbosari lavozimi, Kengaş Rayosati va «Kengaş soati» institutlari joriy etildi.
Mamlakatimizda xalq hokimiyatçiligini tölaqonli röyobga çiqariş, jamiyat va davlat hayotining muhim masalalarini hal etişda mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarining rolini oşiriş maqsadida 2026-yilning 12-noyabrida Özbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonuniga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş haqida"gi qonuni qabul qilindi.
Mazkur hujjat mahalliy Kengaşlar faoliyatida boşqaruvni yanada samarali taşkil etiş hamda vakillik nazoratining yangi şakllarini joriy etişga qaratilgan.
Qonunga muvofiq, xalq deputatlari viloyat, tuman va şahar Kengaşlarida Kengaş raisining örinbosari lavozimi joriy etildi. Kengaş raisining örinbosari Kengaş vakolatlari muddatiga deputatlar orasidan saylanadi, öz faoliyatini jamoatçilik asosida amalga oşiradi hamda vazifasini bajariş davrida siyosiy partiyaga aʼzolikni töxtatib turadi. Şuningdek, u bir vaqtning özida doimiy asosda faoliyat yurituvçi Kengaş kotibiyatining mudiri hisoblanib, kotibiyat xodimlarini lavozimga tayinlaş va ozod qiliş vakolatiga ega böladi. Kengaş raisi yöqligida yoki u öz vazifalarini bajarişi mumkin bölmagan hollarda uning vakolatlarini Kengaş raisining örinbosari bajarib turadi.
Yana bir muhim yangilik sifatida mahalliy Kengaşlar faoliyatini samarali taşkil etiş maqsadida Kengaş Rayosati instituti taşkil etildi. Kengaş Rayosati tarkibiga Kengaş raisi, uning örinbosari, partiya guruhlari rahbarlari, doimiy komissiyalar raislari hamda tegişli hudud hokimi kiradi. Rayosat Kengaş sessiyasi kun tartibi loyihasini şakllantiradi, sessiyani çaqiradi, doimiy komissiyalar işini muvofiqlaştirib boradi va öz aʼzolari umumiy sonining köpçilik ovozi bilan qarorlar qabul qiladi.
Bundan taşqari, mahalliy ijro etuvçi hokimiyat organlarining deputatlar oldidagi hisobdorligini oşiriş maqsadida «Kengaş soati» instituti yölga qöyildi. Unga köra, Kengaş deputatlari, doimiy komissiyalar va partiya guruhlari taşabbusi asosida şakllantirilgan savollar Kengaş raisi tomonidan tegişli hududdagi ijro etuvçi hokimiyat organlari rahbarlariga yuboriladi. Ijro organlari rahbarlari esa Kengaş sessiyasida deputatlarning savollariga bevosita javob beradi.
Rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuçga kirgan uşbu Qonun mahalliy Kengaşlarning hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş va aholini taşvişga solayotgan dolzarb masalalarni hal etiş borasidagi taʼsirçan nazoratini kuçaytirişga xizmat qiladi.
ÖzA