Mahallaning isteʼdodli yoshlari tanlovi
Fargʻonada “Mahalla mening taqdirimda” koʻrik-tanlovining viloyat bosqichi gʻoliblari aniqlandi. Unda tanlovning saralash bosqichlarida gʻolib boʻlgan shahar va tumanlardan kelgan isteʼdodli va bilimdon yoshlar bahslashdi.
Fargʻonada “Mahalla mening taqdirimda” koʻrik-tanlovining viloyat bosqichi gʻoliblari aniqlandi. Unda tanlovning saralash bosqichlarida gʻolib boʻlgan shahar va tumanlardan kelgan isteʼdodli va bilimdon yoshlar bahslashdi.
Tanlov ishtirokchilari 4 shart asosida zukkolik, topqirlik, hozirjavoblik borasida oʻz bilim va iqtidorlarini namoyish etdi. Qatnashchilar dastlab oʻz mahallasi hayoti, yoshlarni jismonan sogʻlom, maʼnan barkamol etib tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni slaydlar yordamida koʻrsatib berdi. Ikkinchi shartda esa mahalla faoliyati, yoshlar taʼlim-tarbiyasida ”Oila – mahalla – taʼlim muassasasi” hamkorlik mexanizmini kuchaytirish, sohaga oid meʼyoriy – huquqiy hujjatlar hamda maʼnaviyatga oid bilimlari sinovdan oʻtkazildi. Shuningdek, ishtirokchilarning ijodkorligi, dunyoqarashining kengligi insholar tanlovi asosida baholandi. Unda yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini rivojlantirish, iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, yoshlarni giyohvandlik, ichkilikbozlik, ”ommaviy madaniyat” taʼsiridan asrash, milliy va umuminsoniy qadriyatlar sinovdan oʻtkazildi.

“Mahalla iftixori” mavzusidagi shartda oʻzlari yashayotgan mahalla hududida istiqomat qilayotgan, Vatanimiz taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshgan, oʻz hayotiy amallari bilan yoshlarga oʻrnak boʻlib kelayotgan vatandoshlarimiz hayoti va faoliyati oʻziga xos tarzda koʻrsatib oʻtildi.
Tanlov nafaqat bilim va mahorat sinovi, balki oʻquvchi-yoshlarning doʻstlik bayrami, erkin fikr hamda muloqot maydoni sifatida ham koʻpchilik yodida qoldi.

Toshloq tumani Zarkent mahallasining “Nihol” jamoasi birinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi.
Tanlov gʻolib va sovrindorlari Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha viloyat kengashi va hamkor tashkilotlarning esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.