Fuqarolarimizning turmush farovonligini yuksaltirish, har bir oilani ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, yoshlarni barkamol insonlar qilib tarbiyalashda mahalla institutlarining o‘rni beqiyos.

Mahalla jamiyatimizning eng muhim bo‘g‘inlaridan biri hisoblanadi. Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida 39 ta mahalla tuzilmasi bor. Ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ushbu tuzilmada ishlayotgan mahalla xodimlarini ishlashi uchun munosib shart-sharoit yaratish, zarur jihozlar bilan ta’minlash borasida ham so‘ngi yillarda qator xayrli ishlar amalga oshirilmoqda.

Yaqinda o‘z faoliyatini yangi binoda davom ettirishi ko‘zda tutilgan tumandagi "Mirishkor", "Sovotobod", "Farhod", "Ma’naviyat" mahallalariga Respublika "Mahalla" xayriya jamoat fondi tomonidan mebellar to‘plami va kompyuterlar jamlanmasi ajratildi.

Shu bilan birga, fondning Sirdaryo viloyat boshqaruvi hisobidan ikki nafar, kam ta’minlangan va yordamga muhtoj oila sohibalariga 1 million 800 ming so‘mlik yordam puli berildi.

- Bu xayrli ish bo‘ldi, - deydi tuman mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i Zafar Kamolov. - O‘tgan yili "Mahalla" xayriya jamoat fondi Sirdaryo viloyat bulimi, fond boshqaruvi tomonidan tumandagi "Yangi avlod", "Qaropchi", "Bunyodkor", "Iftixor", "Ijodkor", "Ziyokor" mahalla fuqarolar yig‘inlariga ham mebellar to‘plami va kompyuterlar jamlanmalari yetkazib berilgandi. Bu esa ushbu tuzilma xodimlarining ishi yaxshilanishiga, aholiga munosib xizmat ko‘rsatishda muhim o‘rin tutmoqda.

Shuhrat Suyarov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mahallalarga mebellar va kompyuterlar topshirildi