Mamlakatimizda joriy yil may-iyul oylarida ochiqlik va oshkoralikda, fuqarolarimizning xohish va irodasini erkin ifoda etish prinsiplariga asoslangan holda “Mahalla fuqarolar yig‘ini raisi saylovi” bo‘lib o‘tadi.

Navoiy viloyati Navbahor tumanidagi Guliston mahallasida bo‘lib o‘tgan saylovning ham shaffof va qonunchilik talablari asosida o‘tishi uchun zarur sharoitlar yaratildi. 

Dastlab mahalla fuqarolar yig‘ini raisligiga ko‘rsatilgan uch nafar nomzod o‘zlarining mahallani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi saylov oldi dasturi bilan tanishtirdi. 

Yakunda Nigora Yo‘ldosheva ko‘pchilik ovozi bilan mahalla raisi etib saylandi.

Ta’kidlash kerakki, O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolar yig‘ini raisi saylovi to‘g‘risida”gi qonuniga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga muvofiq endilikda mahalla fuqarolar yig‘ini raislarining vakolat muddati 5 yilga uzaytirildi.

A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mahallaga rais saylandi