Sönggi yangiliklar
Noyabr 2026
| Y | D | S | CH | P | J | SH |
|---|---|---|---|---|---|---|
| 1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 |
| 8 | 9 | 10 | 11 | 12 | 13 | 14 |
| 15 | 16 | 17 | 18 | 19 | 20 | 21 |
| 22 | 23 | 24 | 25 | 26 | 27 | 28 |
| 29 | 30 | 1 | 2 | 3 | 4 | 5 |
Mahallaga 1000 dona kitob sovgʻa qilindi

Poytaxtimizning Uchtepa tumanidagi Ibrat mahallasi 1966-yilda tashkil etilgan.
Poytaxtimizning Uchtepa tumanidagi Ibrat mahallasi 1966-yilda tashkil etilgan.
Bugungi kunda bu yerda 3510 nafar aholi istiqomat qiladi.
Mahalla ostonasidan kirib borar ekansiz, atrof-muhitning obodligi, ozoda-sarishtaligidan, oʻzbekona fayz ufurib turganidan dilingiz yayraydi.
Yangi taʼmirdan chiqqan mahalla binosida xodimlar va aholi uchun barcha sharoit yaratilgan. Sport zali, otalar choyxonasi, tadbirkorlar uchun uchrashuv xonalari... Mahalla kutubxonasi ham koʻrinishga ega boʻlib, endilikda yangi kitoblar bilan boyidi.
Yaqinda mahalla kutubxonasiga Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan turli nomdagi 1000 dona kitob taqdim etildi.
– Bugungi kunga qadar kutubxonamizda 600 ga yaqin adabiyot bor edi. Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasiga qilgan murojaatimiz juda qisqa fursatda ijobiy yechim topganidan behad xursand boʻldik, – deydi “Ibrat” MFY raisi Alisher Toʻxtaaliyev. – Endilikda kutubxonamizda adabiyotlarning soni ham, turi ham ortgani biz uchun katta boylik, deb oʻylayman. Buning uchun uyushma mutasaddilariga tashakkur, deyman.
Yozuvchilar uyushmasi tomonidan begʻaraz taqdim etilgan badiiy, tarixiy kitoblar, aholining xursandchiligiga, minnatdorligiga sabab boʻldi. Suhbat chogʻida ota-onalar yangi nashrlarni oʻqib chiqishlarini taʼkidlashdi. Yoshlar oʻrtasida adabiyotlar shu kunning oʻzidayoq talash boʻlgani, ularni kitob javonlariga joylashtirishda xayrixoh boʻlishgani esa quvonarlidir.
Taʼmirdan soʻng yana oʻz faoliyatini boshlagan mahalla kutubxonasiga kirarkanmiz, bu yerda aholi uchun yaratilgan qulayliklar, yosh onalarning mutolaa bilan bandligini koʻrib xursand boʻldik.
Zulayho Ahmadjonova,
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi
axborot xizmati mutaxassisi.
https://uza.uz/posts/182560
Ulaşiş




