Mahallada yangi sport zali
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Chimboy tumani “Ko‘ksheqal’a” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 39-umumta’lim maktabida bunyod etilgan sport zalida o‘quvchilarning o‘ndan ziyod sport turi bilan muntazam shug‘ullanishi uchun barcha qulayliklar yaratildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Chimboy tumani “Ko‘ksheqal’a” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 39-umumta’lim maktabida bunyod etilgan sport zalida o‘quvchilarning o‘ndan ziyod sport turi bilan muntazam shug‘ullanishi uchun barcha qulayliklar yaratildi.– Prezidentimiz rahnamoligida bolalar sportini rivojlantirishga qaratilayotgan alohida e’tibor samarasida qishloq va ovullarda ham muhtasham va zamonaviy sport inshootlari barpo etilmoqda, – deydi maktab direktori o‘rinbosari Davlatboy To‘rayev. – O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan bunyod etilgan va zamonaviy tarzda jihozlangan maktabimiz sport zali buning yorqin dalilidir. Mashg‘ulotlar o‘tkazish, yuvinish xonalarida barcha sharoit mavjud. Beshta sport seksiyasi ish boshladi.
Sport zalining foydalanishga topshirilishi munosabati bilan Chimboy, Kegeyli va Qorao‘zak tumanlari sportchilari o‘rtasida basketbol musobaqalari o‘tkazildi.
Umuman, shu kunga qadar tumanda jamg‘arma tomonidan 8 sport inshooti qurilib, foydalanishga topshirilgan. Ayni paytda ularda 1 ming 500 dan ziyod yoshlar o‘zlari qiziqqan sport turi bilan muntazam shug‘ullanmoqda.