FOTOREPORTAJ
Xorazm viloyati Xonqa tumanidagi Mangulik mahallasida 5 mingdan ziyod aholi istiqomat qiladi. Hududda tadbirkorlikni rivojlantirish orqali ish o‘rinlari yaratish, kambag‘allikni qisqartirish va oilalar daromadini ko‘paytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
2023 yilda mahallada 8 ta tadbirkorlik sub’ekti faoliyat yuritgan bo‘lsa, hozirga kelib ularning soni 30 dan oshdi. Ular hunarmandchilik, kasanachilik, tomorqachilik, kichik ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish kabi faoliyat turi bilan shug‘ullanadi. Joriy yilda ushbu tadbirkorlik sub’ektlari faoliyati hisobiga 200 ga yaqin fuqaroning bandligi ta’minlandi.
Yosh tadbirkorlardan biri Elyorbek Niyozmetov ham 3 oy avval hududda qog‘oz sochiq ishlab chiqarish faoliyatini yo‘lga qo‘ygan edi. Bu yerda hozirda mahalladagi 5 nafar ayolning bandligi ta’minlangan. Mahsulotning bozori chaqqon, daromad ham shunga yarasha barakali, albatta.
[gallery-19610]
Behzodbek SAIDOV (surat), O‘zA