Mahallada sport maydoni
O‘zbekiston futbol terma jamoasining jahon chempionati mundialida ishtiroki muxlislar va futbolga qiziqadiganlar safini yanada oshirmoqda. Bugun Farg‘ona viloyatining deyarli barcha shahar-tumanlarida sun’iy va tabiiy futbol maydonlari tashkil etilmoqda.
Dang‘ara tumani Soyshildir mahallasida “Tashabbusli byudjet” dasturi doirasida barpo etilgan zamonaviy futbol maydoni ularning biri.


Aholi tashabbusi bilan amalga oshirilgan ushbu loyiha mahallada sport infratuzilmasini yanada rivojlantirishga munosib hissa qo‘shadi. Uning ochilish marosimida tuman hokimligi, sport sohasi vakillari, mahalla faollari, nuroniylar hamda yoshlar ishtirok etdi. Zamonaviy talablar asosida qurilgan futbol maydoni yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sog‘lom turmush tarziga jalb etish va sportning futbol turini yanada ommalashtirish uchun muhim maskan bo‘lib xizmat qiladi.
Muhammadjon Obidov, O‘zA