Navoiy shahar hokimligi, Ma’naviyat va ma’rifat markazi Navoiy viloyat bo‘limi va bir qator tashkilotlar hamkorligida “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida “Mahallada duv-duv gap” ma’naviy-ma’rifiy tadbiri o‘tkazildi.

Yurtboshimiz raisligida 2023 yil 22 dekabr kuni o‘tkazilgan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat Kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirish, madaniy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yanada jonlantirish yuzasidan belgilab berilgan vazifalarning ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan tadbirda Yangi O‘zbekistonni bunyod etish yo‘lida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar hamda erishilayotgan yutuqlar haqida so‘z yuritildi.  

– Viloyatimizda ham Yurtboshimiz tomonidan madaniy-ma’rifiy ishlarni yangi bosqichga ko‘tarish, mahallalarda madaniyat va ma’rifatni yanada kengroq targ‘ib etish maqsadida ilgari surilgan tashabbusni amalga oshirish maqsadida “Mahallada duv-duv gap” ma’naviy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda, – deydi Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi rahbari Akrom Muqimov. – Bir oy davom etadigan loyiha viloyatdagi barcha mahallalarda o‘tkaziladi. Unda aholi, xususan, yoshlar bilan turli ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar o‘tkazilib, intelektual va sport musobaqalari tashkil etiladi. Viloyatdagi diqqatga sazovor joylarga sayohatlar uyushtiriladi.  

[gallery-15332]

Tadbirda san’atkorlar va harbiy orkestr jamoasi tomonidan kuy-qo‘shiqlar ijro etilib, yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashilgan bo‘lsa, harbiylarning jangovar ruhidagi ko‘rgazmali chiqishi barchada katta taassurot qoldirdi.  

Tadbir gulxan atrofida davom ettirilib, sho‘x kuy va raqslarga ulanib ketdi.  

“Mahallada duv-duv gap” loyihasi doirasidagi tadbirlar barcha hududlarda davom etmoqda.  

Abduvali Bo‘riyev, Siroj Aslonov (surat),

O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Mahallada duv-duv gap” loyihasi – amalda