Mahallada aholi farovonligi yuksalmoqda
FOTOREPORTAJ
Nukus shahridagi “Navqon bog‘” mahalla fuqarolar yig‘inida 5 ming nafarga yaqin aholi istiqomat qiladi. Hududda aholi turmush farovonligi yaxshilash borasida namunali ishlar tashkil etilgan.
[gallery-9185]
Joriy yilning o‘tgan 9 oyi davomida hududdagi ichki yo‘llarni yaxshilash maqsadida 22 ta ko‘chaga 12 kilometrlik qum va shag‘al aralashmasi to‘shaldi. 2 ta bolalar hamda sport maydonchasi, aholiga tibbiy yordam ko‘rsatish muassasasi filiali, mahalla fuqarolar yig‘ini binosi barpo etildi. Markaziy ko‘cha bo‘ylab obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Yo‘l yoqalab manzarali daraxt va gul ko‘chatlari, butalar ekildi. “Ayollar daftari”da turgan 48 nafar ishsiz xotin-qiz va “Yoshlar daftari”dagi 180 nafar yosh kasbga o‘qitilib, bandligini ta’minlash maqsadida ularga zarur miqdorda subsidiya va kredit mablag‘i ajratildi. Yordamga muhtoj 10 ga yaqin oilaning uy-joyi ta’mirlandi. Og‘ir ahvoldagi bemor fuqarolarga bepul jarrohlik amaliyoti ko‘rsatildi.
Inson qadrini ulug‘lashga qaratilgan ushbu manzilli chora-tadbirlar jarayonida mazkur mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Zamira Aytboyevaning hissasi katta.
Maqsad HABIBULLAEV(surat),O‘zA