Mahalla yoshlar yetakchilari tanlovda bahslashdi
FOTOREPORTAJ
Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumani madaniyat uyi binosida “Yilning eng namunali mahalla yoshlar yetakchisi” tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Tanlovda 19 ta tuman va shahardan turli yo‘nalishlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan yoshlar yetakchilari ishtirok etdi.
[gallery-15112]
Yakuniy natijalarga ko‘ra, Farg‘ona tumanining “Obod”, Qo‘qon shahrining “Isfaraguzar”, Qo‘shtepa tumanining “Do‘rmon”, Farg‘ona shahrining “Tabassum” va “Farg‘ona”, O‘zbekiston tumanining “Qirqketmon” va “Dehqonobod”, Uchko‘prik tumanining “Oltin-vodiy”, Quva tumanining “Rasta”, Bag‘dod tumanining “Do‘stlik” mahalla fuqarolar yig‘ini yoshlar yetakchilari g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Ular tanlovning mamlakat bosqichiga yo‘llanma oldi.
G‘oliblarga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Muqimjon QODIROV(surat),O‘zA