“Mahalla yettiligi” yangi binoda ish boshladi
“Yakkatut” mahalla fuqarolar yig‘ini Beshariq tumanining eng yirik hududi hisoblanadi. Aholi zich, muammolar ham uchrab turadi. Mahallada yutuqlar ko‘p. Ammo MFY binosi eskirib qolgandi...
Bu yil shu yerlik tadbirkor Mahmudjon Olimov mahalla binosini davlat- xususiy sherikchilik asosida yangidan qurib berish tashabbusi bilan chiqdi. Tuman hokimligi Mahmudjonni qo‘llab-quvvatladi. Qisqa vaqt ichida havas qilsa arzigulik bino qad rostladi.
Mahallaning yangi binosi ochilishida so‘zga chiqqan Mahbubaxon Yunusova hayajonini yashira olmadi.
–Men shu MFYda 20 yil raislik qildim. Bunaqangi go‘zal bino, qulay sharoitlarni orzu qilar edik, xolos, – dedi u. – Mana endi Prezidentimizning maxallaga e’tibori tufayli orzularimiz haqiqatga aylandi.
[gallery-19038]
Bino zamonaviy loyihada qurilib, qulay va zarur mebellar, kompyuterlar bilan jihozlangan. “Mahalla yettiligi” xodimlarining har biri o‘z xizmat xonasiga ega.
Beshariqda shu yilning o‘zida yana ikki MFY binosi yangilanishi kutilyapti.
Muhammadjon Obidov,
Muqimjon Qodirov (surat), O‘zA