Yurtimizda olib borilayotgan islohotlarning samaradorligini ta’minlashda mahalla instituti muhim o‘rin tutadi. Prezidentimiz mahallalar davlatimizning eng katta zamini, deb bejizga ta’kidlamagan.

Mahalla raisi, mahalladagi hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, ijtimoiy xodim, soliq inspektoridan iborat “mahalla yettiligi” bugun tom ma’noda fuqarolarning deyarli barcha ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal qilishda, ularga qulay shart-sharoit yaratishda xizmat qiladigan muhim tizimga aylanib ulgurdi.

Ushbu tizimning yanada samarali ishlashini tashkil qilish maqsadida davlatimiz rahbari tomonidan qator vazifalar belgilab berilgan. “Mahalla yettiligi”ni tashkil qiluvchi davlat xizmatchilarini zamonaviy tajribalar asosida o‘qitish hamda qayta tayyorlash shular jumlasidandir.

Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida “mahalla yettiligi”ni qayta tayyorlovchi trenerlarning seminari ochilishida bu alohida qayd etildi.  

Respublikamizda 10 mingga yaqin mahallalar borligi hamda mavjud “mahalla yettiligi” vakillarining umumiy soni 55 mingdan ortiqligi inobatga olinsa, ularni qayta tayyorlash ko‘p vaqt va resursni talab etuvchi mushkul ishdek tuyulishi mumkin. Lekin buning yechimi bor.  

Endilikda ushbu vazifani trenerlar amalga oshiradi. Maxsus kursda bilim va malakasini oshirgan trenerlar Respublika bo‘ylab “mahalla yettiligi”ni qayta tayyorlash vazifasini bajaradi.  

Akademiyada tashkil etilgan maxsus o‘quvda Jizzax, Sirdaryo,  Andijon, Farg‘ona, Namangan, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahridan jami 157 nafar trener ishtirok etmoqda. Qolgan viloyatlardan trenerlarni tayyorlash 25-26 yanvar kunlari amalga oshiriladi.

Maxsus o‘quv dasturining ochilish marosimida Davlat boshqaruvi akademiyasi rektori A.Bekmurodov, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari O.Hasanov,  so‘zga chiqib, mahallalarning hayotimizda tutgan o‘rni hamda ushbu o‘quvlardan kutilayotgan natijalar to‘g‘risida so‘z yuritdi.  

"Mahalla yettiligi"ni o‘qitishda nimalarga ahamiyat qaratish lozimligi to‘g‘risida gap bordi. O‘quv dasturiga kiritilgan masalalarning dolzarbligi va bu talablarga bugun har bir mahallada faoliyat yuritayotgan xalq xizmatchilari javob bera olishi lozimligiga e’tibor qaratildi.  

Ma’lumot uchun: Barcha trenerlar Davlat boshqaruvi akademiyasida joriy yilning 23-26 yanvar kunlari   tayyorlanadi. 2024 yil 29 yanvaridan 25 fevraliga qadar Respublikadagi mavjud 55 mingdan ortiq "mahalla yettiligi"ga kiruvchi mas’ullar esa trenerlar tomonidan o‘qitiladi.  

N.Abduraimova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Mahalla yettiligi” xodimlarining kasbiy bilim va ko‘nikmalari yanada rivojlantiriladi