Navoiy shahrida O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Navoiy viloyati boshqarmasi tomonidan 2024 yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirgan ishlari va yil yakuniga qadar bajarilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, kambag‘allikni qisqartirish, yoshlar va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, yolg‘iz keksa, nogironlarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish, hududda jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilgan tizimli ishlar, mavjud muammo va kamchiliklar tahlil qilindi.  

– Viloyatdagi 330 ta mahalla viloyat tashkilotlari rahbarlari va lider tadbirkorlarga biriktirib berilgan, – deydi O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Navoiy viloyati boshqarmasi boshlig‘i G‘ofir Aliyev. – Ular ishsiz fuqarolar bandligini ta’minlash borasida muayyan ishlarni amalga oshirmoqda. Jumladan, mahallalarda “Ombor daftari” tashkil etilgan. Unda ro‘yxatga olingan fuqarolarning qariyb 90 foizi ishga joylashtirilgan. “Sayxunobod” tajribasi amaliyotga joriy etilishi natijasida 61 ta mahalla ishsizlik va kambag‘allikdan xoli hududga aylantirildi. Prezidentimizning Farg‘ona viloyatidagi “Yuksalish” mahallasiga qilgan tashrifi chog‘ida har bir hududda mahalla servis kompaniyalari faoliyatini tashkil etish bo‘yicha bergan topshirig‘i ijrosini ta’minlash maqsadida viloyatda 11 ta servis kompaniyalari faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda. Shuningdek, viloyatda mavjud mahalla fuqarolar yig‘inlarida “Raqamli mahalla” platformasi ishga tushirildi. Unga 3 ming 215 ta ko‘cha, 249 ming 29 ta xonadon, 307 ming 690 ta oila, 1 million 74 ming 895 nafar aholi kiritildi.

Yig‘ilishda xotin-qizlar, yoshlar, ijtimoiy himoya, jinoyatchilik va oilaviy ajrimlarning oldini olish, mahallalarda soliq tushumlarini yig‘ish bilan bog‘liq bir qator masalalar muhokama qilindi.  

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2024 yilning 6 oyida oilaviy ajrimlar 588 tani tashkil etgan bo‘lsa, bu ko‘rsatgich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 167 taga yoki 22 foizga kamaygan. O‘tgan davr mobaynida mahallalarni obodonlashtirish, ko‘chalarga asfalt va shag‘al yotqizish borasida ham bir qator ishlar amalga oshirilgan. Jumladan, ichki yo‘llarning 111 kilometriga shag‘al, 108 kilometriga asfalt yotqizilgan, 52 kilometr piyodalar yo‘lagi qurilgan.  

Yig‘ilishda o‘tgan davr mobaynida kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan “mahalla yettiligi”ning faoliyatini qayta ko‘rib chiqish, o‘zaro hamkorlikni yanada yaxshilash bo‘yicha taklif va tavsiyalar berildi.  

A.Bo‘riyev,

O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Mahalla yettiligi”: sarhisob va istiqbol