Mahalla xotin-qizlari kasb-hunar o‘rganmoqda
FOTOREPORTAJ
Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumani Boymoqli mahallasining 2-sektor shtabida tashkil etilgan Xotin-qizlar tadbirkorlik markazi hunar egallash istagidagi xotin-qizlar bilan gavjum.
[gallery-10275]
Markazda tikuvchilik, to‘quvchilik, quroqchilik, kashtachilik, chopon va ko‘rpa qavish yo‘nalishlarida kasb-hunar o‘rgatiladi. Hozirda 60 nafarga yaqin xotin-qiz ushbu maskanda mahorat oshirmoqda.
Markazda kasb o‘rgangan xotin-qizlarning ko‘pchiligi bugun tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish bilan birga, “Ustoz-shogird” an’anasi asosida yoshlarga o‘z hunari sir-asrorlaridan saboq bermoqda.
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA