Mamlakatimizdagi 1 ming 24 ta mahalla “og‘ir” toifada, yana 1 ming 294 tasida jinoyatchilik, 1,5 mingida ajrimlar soni ko‘paygan. Eng ko‘p “og‘ir” mahallalar Samarqand, Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida.
Hozirgacha 8 ming 481 ta mahallada saylov bo‘lib o‘tdi. 3 ming 590 ta mahallaga yangi raislar saylandi, 4 ming 891 nafari joyini saqlab qoldi.
Mahallalar uyushmasi mahalla raislari va “yettilik”ni yangicha ishlashga o‘rgatishi zarurligi qayd etildi. Umuman, mahalla tizimida ancha masala yig‘ilib qolgani, saylov yakunlanganidan keyin ular alohida muhokama qilinishi ta’kidlandi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi davom etmoqda.
O‘zA