Muhtaram Prezidentimizning O‘zbekiston mahalla tizimi xodimlari va faollariga yo‘llagan bayram tabrigini tinglab, nihoyatda ruhlanib ketdim. Yurtboshimizning ushbu tabrikdagi har bir so‘zlari qalbimizni benihoya to‘lqinlantirib yubordi.

Mustaqil O‘zbekistonimizning o‘ttiz yillik tarixida ilk bor Davlat Rahbarining mahalla tizimi xodimlariga tabrik yo‘llashi, alohida kun – “22 mart – mahalla tizimi xodimlari” kuni sifatida keng nishonlanishi, shubhasizki, yurtimiz tarix zarvaraqlariga muhrlanadigan muhim voqelikka aylandi.

Eng muhimi, tabrik orqali Prezidentimizning mahalla tizimi xodimlariga bo‘lgan yuksak ishonchi, oldimizga qo‘yilgan muhim vazifalar hamda zimmamizdagi sharafli burch mas’uliyatini yana bir bor teran his etdik.

Shuningdek, joriy yil mamlakatimizda ilk bor nishonlanayotgan mahalla tizimi xodimlari kunini yuqori saviyada o‘tkazish uchun “Mahalla – jamiyatimizning yorug‘ yuzi va vijdon ko‘zgusi” g‘oyasi ostida “Mahallalarda milliy qadriyatlarni mustahkamlash haftaligi” tashkil etilgani tizimda mehnat qilayotgan barcha fidoyi va zahmatkash xodimlarga o‘zgacha g‘urur va iftixor baxsh etdi.

Albatta, so‘nggi yillarda mamlakatimizda aholining turmush tarzini yaxshilash, fuqarolar murojaatlari bilan samarali ishlash, joylardagi mavjud muammolarni ijobiy hal etish, bir so‘z bilan aytganda, xalqimizni bugunidan rozi bo‘lib yashashiga ko‘maklashish va ertangi kuniga ishonchini yanada mustahkamlash davlatimiz tomonidan olib borilayotgan izchil islohotlarning muhim bo‘g‘iniga aylandi.

Ayniqsa, mahalla institutini yanada takomillashtirish, uning tizimli faoliyat yuritishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish borasida bir qator ishlar amalga oshirildiki, bu o‘z navbatida mahallani joylarda xalqning chinakam maslakdoshi va ko‘makdoshiga aylantirish, uni chin ma’noda odamlar og‘irini yengil qiladigan tuzilmaga aylantirishda muhim o‘rin tutmoqda.

Xususan, Davlatimiz rahbari tomonidan mahalla institutining jamiyat ijtimoiy-ma’naviy taraqqiyotidagi tutgan o‘rnini mustahkamlash maqsadida butunlay yangi mezon — “Obod mahalla – xavfsiz mahalla” tamoyili ilgari surilishi, mazkur tamoyilni amalga tatbiq etishga qaratilgan yangi tuzilma – Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining tashkil etilishi bu boradagi ezgu sa’y-harakatlarga yangicha mazmun baxsh etdi.

Ta’kidlash lozimki, o‘tgan qisqa davr ichida ushbu noyob institutni tom ma’noda jamiyatning milliy boshqaruv idorasi bo‘lishi uchun unga yaqindan ko‘maklashish borasida bir qator ishlar amalga oshirildi. Ayniqsa, jamiyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida mahalla institutining rolini oshirish, tizimdagi ishlarni “mahallabay” asosida tashkil etish bo‘yicha alohida choralar olib borilmoqda. Bunda ishlarni “Mahalla raisi – islohotchi” tamoyili asosida tashkil etilayotganligi sohani yanada rivojlantirishda keng imkoniyatlar eshigini ochdi.

Muhtaram Prezidentimiz mahalla tizimi xodimlariga yo‘llagan bayram tabriklarida “Obod mahalla”, “Obod ko‘cha”, “Obod xonadon” mezonlarini hayotga tatbiq etish, turli ijtimoiy muammolarni hal qilish, ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish, mahallalalarni tadbirkorlik markazlariga aylantirish choralarini ko‘rishi kerakligini ta’kidladilar.

Shuningdek, “Xalqimizni hayotdan rozi qilishdek ulug‘vor maqsadga erishish yo‘lida biz islohotlarni “mahallabay” asosda amalga oshirish, barcha qishloq va mahallalarimizni jadal rivojlantirishga birinchi darajali e’tibor qaratmoqdamiz” deya ushbu tamoyilning nechog‘lik muhim ahamiyatga ega ekanini aytib o‘tdilar.

Ma’lumki, o‘tgan yili Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan yurtimizda aholining ehtiyojmand qatlamlarini har tomonlama himoya qilish maqsadida yangi – “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” tizimi yaratildi.

O‘tgan vaqt davomida birgina “Ayollar daftari”ni shakllantirish orqali mamlakatimizda istiqomat qilayotgan 6 million 385 mingdan ziyod xotin-qizlar bilan yuzma-yuz muloqot qilinib, ushbu daftarga 9 ta mezon asosida 433 ming nafar xotin-qiz kiritildi va bugungi kungacha ularning 80 ming nafarining muammolari ijobiy hal etildi.

Eng muhimi, ushbu tizim bugungi ayolni nima qiynayapti, uning muammolarini qanday hal etish mumkin, degan savollarni chuqurroq o‘ylash va muammolarga zarur yechim topishni o‘rgatdi.

Muhtaram Prezidentimiz o‘z tabrigida aholining ehtiyojmand qatlami bilan manzilli ish olib borish, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan aholining muammolarini “xonadonbay” hal etishda, hech shubhasiz, mahalla organlari muhim o‘rin tutishini e’tirof etishlari barcha soha xodimlariga cheksiz faxr va iftixor tuyg‘ularini baxsh etdi.

Quvonarlisi, ushbu tabrikda mahalla institutini har tomonlama rivojlantirish, uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, soha xodimlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga bundan buyon ham bor kuch va imkoniyatlar safarbar etilishi alohida qayd etib o‘tildi.  

Bu yuksak e’tibor va g‘amxo‘rlik  mahalla institutini jamiyatdagi nufuzini oshirish, mahallani — yorug‘ yuzimiz va vijdonimiz ko‘zgusiga aylanishida muhim ahamiyat kasb etishi, shubhasiz.

Rahmat MAMATOV,

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri,

Senat a’zosi

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mahalla tizimi xodimlariga bo‘lgan yuksak e’tibor barchamizga yuksak g‘urur bag‘ishladi