Sirdaryo tumanida mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari saylovini o‘tkazish va tashkil etish bo‘yicha maxsus seminar tashkil etildi. Unda saylovga ko‘maklashuvchi komissiya a’zolari, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari hamda saylov okrugi raislari ishtirok etdi.

Seminar davomida saylovlarni tashkil etish va o‘tkazish tartiblari, saylov jarayonidagi huquqiy me’yorlar, komissiya raisi hamda a’zolarining vazifalari bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi. Ishtirokchilarga amaliy tavsiya va metodik qo‘llanmalar taqdim etildi.

Eslatib o‘tamiz, fuqarolar yig‘inlari raislarining vakolat muddati 2025 yilning may oyida yakunlanadi. Shu munosabat bilan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 127-moddasi hamda “Fuqarolar yig‘ini raisi saylovi to‘g‘risida”gi qonunning 8- va 12-moddalariga muvofiq, joriy yilning may oyida navbatdagi saylovlar o‘tkazilishi belgilangan.

Ayni paytda Sirdaryo tumanida 38 ta mahalla fuqarolar yig‘ini faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularda saylovlar may-iyun oylarida bosqichma-bosqich tashkil etilishi rejalashtirilgan.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mahalla raislari saylovi yaqin