Shu kunlarda yurtimizdagi barcha fuqarolar yig‘inlarida mahalla raislari saylovi bo‘lib o‘tmoqda. Bugungi kunda Navoiy shahridagi 36 ta mahallada ham saylovlar boshlab yuborilgan.

Saylovlar ochiqlik va oshkoralikda, fuqarolarimizning xohish hamda irodasini erkin ifoda etish prinsiplariga asoslangan holda o‘tkazilmoqda.

Shahardagi Mustaqillik mahallasida bo‘lib o‘tgan saylovda dastlab mahalla fuqarolar yig‘ini raisligiga ko‘rsatilgan nomzodlar o‘zlarining mahallani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi saylov oldi dasturi bilan tanishtirdi. 

Bugungi kunda mahalla shahardagi namunali mahallalardan biri bo‘lib, 20 dan ortiq ko‘p qavatli uyda 5 ming nafardan ziyod turli millat vakillari istiqomat qiladi. Ularning 2600 nafarga yaqinini xotin-qizlar tashkil etadi. 

Saylov yakunida amaldagi mahalla raisi Shirin Aldabergenovaga yana bir bor ishonch bildirildi. 

A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mahalla raisiga yana bir bor ishonch bildirildi