"Mahalla kubogi": urganchliklar g‘olib bo‘ldi
Prezidentimizning 2020 yil 30 oktyabrdagi "Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmonidagi vazifalar ijrosi doirasida "Mahalla" xayriya jamoat fondi tashabbusi bilan 13-16 yoshli o‘smir bolalar o‘rtasida stol tennisi bo‘yicha "Mahalla kubogi" Respublika turnirining Xorazm viloyat bosqichi o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada tuman va shahar bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 13 ta jamoa vakillari ishtirok etdi. Stol tennisi viloyat bosqichi miks tarzda o‘tkazilib, musobaqa qizg‘in kechdi.

Unda 3-o‘rinni Shovot tumani, 2-o‘rinni Bog‘ot tumanidan tashrif buyurgan o‘smir bolalar qo‘lga kiritgan bo‘lsa, faxrli 1-o‘rinni Urganch shahri sportchi yoshlari egallab, Respublika bosqichiga yo‘llanma oldi.
O‘zA