Prezidentimiz Oliy Majlisga Murojaatnomasida jamiyatimizda mahallaning o‘rniga yuksak baho berib, “Islohotlarimiz natijalari, bo‘layotgan o‘zgarishlar va aholining kayfiyati avvalo mahallada seziladi. Shu ma’noda, “mahalla – jamiyatimizning yorug‘ yuzi va vijdoni ko‘zgusi”, desak, to‘g‘ri bo‘ladi, so‘zlari nechog‘li hayotiy ekanligini keyingi yillarda har bir yurtdoshimiz ko‘rib turibdi. Ayni paytda mahallaning mavqeini oshirishga qaratilgan ishlar tizimda ishlayotganlardan yuksak ma’uliyat ham talab etadi. Quyida ularning shu masalada fikrlarini keltirdik:

Nazira MUXTOROVA, Jizzax viloyati mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i: – Aholi turmush sharoitini yaxshilash,  munosib turar joy bilan ta’minlashga keyingi yillarda davlatimiz tomonidan katta e’bor qaratilayotir. “Obod qishloq” Davlat dasturi doirasida keyingi ikki yilda viloyatning 12 ta tumanidagi 69 ta qishloq hududlaridagi 53 ming 924 ta xonadonda yashovchi 326 ming 468 nafar aholiga qulay shart-sharoitlar yaratildi.

Prezidetimizning Oliy Majlisga Murojaatnomasida joriy yilda tumanlar byudjeti qo‘shimcha manbalarning kamida 10 foizini bevosita mahalladagi muammolarni hal etishga sarflash bo‘yicha ishlar boshlangani, bu maqsadlarga 70 milliard so‘m ajratilgani qayd etilib, endi tuman byudjeti xarajatlarining 5 foizini ham ana shunday maqsadlarga yo‘naltirish bo‘yicha yangi tartib joriy etish vazifasini qo‘ydi. Bu mahallani yanada obod, unda yashaydigan kishilarning turmushini yanada farovon bo‘lishini ta’minlaydi.

Marojaatdagi “Mahalla raisi va uning o‘rinbosarlari vakolatlarini kengaytirib, ularga aholi muammolarini bevosita hal qilish imkonini yaratishimiz kerak”ligi haqida qo‘yilgan masalalar ham juda dolzarb. Chunki, so‘nggi paytlarda tizimda vujudga kelayotgan muammolar, mahalla raisining fuqarolar bilan ishlash jarayonidagi qiyinchiliklarga, ayrim masalarlarni hal etish uchun ular yetarli vakolatlarga ega emasligi sabab bo‘layotgan edi.

Shuningdek, Murojaatnomada Qonunchilik palatasi va Senat, Vazirlar Mahkamasi bilan birga 2021 yil 1 aprelga qadar mahalliy ijro va vakillik organlari hamda mahalla instituti faoliyatini tubdan takomillashtirishga oid yangi qonun loyihalarini ishlab chiqish topshirilgani juda muhim bo‘ldi. Shunday qonun kerak. Mahalla huquqiy maqomining mustahkamlanishi hududdagi muammolarga yechim topishga, aholi turmushi yaxshilashga xizmat qiladi.

Gulchehra MAMATQULOVA, Sharof Rashidov tumanidagi “Qahramon” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi: – Prezidentimiz murojaatida barcha darajadagi rahbarlar pastga tushib, o‘z sohasi bo‘yicha mahallalardagi muammolarni o‘rganishi va ularga yechim topishi, odamlar sezadigan natija qilishi shart va zarur, ekanligiga e’tibor qaratgani joylarda muammolarni hal etishda yaxshi samara beradi.

Agar har bir yo‘nalish, soha mutasadilari mahallalarga borib o‘z yo‘nalishi doirasida mahalla va unda yashayotgan fuqarolar muammolarini o‘rgansa, o‘ylaymanki mahalla tizimida ko‘payib borayotgan murojaatlar soni kamayib, yaqinda tashkil etilgan vazirlik faoliyatida ham samarali o‘zgarishlar bo‘lar edi. Chunki hozirgacha mahalla fuqarolar yig‘ini tizimidagi barcha faqat fuqarolarning murojaatlari, ularning turli sohalardagi muammolarini hal etish bilan band bo‘lib qolayotir.

Murojaatda belgilangan bu vazifalar ijrosi fuqarolar yig‘ini faoliyatining samaradorligini yanada oshiradi.

Gavxar BERKINOVA, Forish tumani maxalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari: – Davlatimiz rahbari Murojaatida bugun xotin-qizlar masalasi o‘ta dolzarb bo‘lib turganiga yana bir bor ko‘pchilikning e’tibori qaratildi. Bu juda zarur edi.

Ayniqsa “Achchiq bo‘lsa ham, to‘g‘risini tan olib aytishimiz kerak: bu o‘rganishlarimiz natijasida birinchi marta joylardagi haqiqiy ahvol yuzaga chiqdi. Shular asosida “Ayollar daftari” shakllantirilmoqda, xotin-qizlarni qiynayotgan ko‘plab ijtimoiy-iqtisodiy muammolarga amaliy yechim topilmoqda” deya qayd etilgan ishlarning amaldagi natijasini bugun har bir mahalla hayotida ko‘rish mumkin.

Biz Murojaatda oldimizga qo‘yilgan vazifalarni mahallalarimizdagi ishlarni tahlil qilgan holda o‘rganib chiqayotirmiz. Haqiqatan ham "Ayollar daftari"ni shakllantirish jarayonida  xotin-qizlarning ko‘plab muammolari yuzaga chiqdi.

Moddiy, ma’naviy ko‘makka muhtoj bo‘lgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida mahallada “Ayollar maslahat kengashlari”, Respublikada Xotin-qizlar jamoatchilik kengashi tuzilgani bu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan barcha ishlarni muvofiqlashtirish imkonini beradi.

Murojaatnomadagi belgilangan bu va boshqa vazifalar tumanimizda barcha mahallalarda qizg‘in muhokama qilinib, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning faolligini oshirish yuzasidan bajariladigan aniq vazifalar, ish rejalar belgilanmoqda.

Toshqul BEKNAZAROV, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mahalla – jamiyat yuzi va vijdon ko‘zgusi