Navoiyda “Futbolimiz kelajagi” musobaqalarining viloyat bosqichi o‘tkazildi
“Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat bo‘limi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi va boshqa tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan musobaqada 10 tuman va shahardan futbol jamoalari ishtirok etdi.
“Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat bo‘limi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi va boshqa tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan musobaqada 10 tuman va shahardan futbol jamoalari ishtirok etdi.Mamlakatimizda aholi, ayniqsa, yoshlarni sportga keng jalb etish, ularning jismoniy va ma’naviy kamoloti uchun zamonaviy sharoitlar yaratish maqsadida qishloq va mahallalarda muhtasham sport inshootlari barpo etishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.
9-10 yoshli futbolchilar o‘rtasida Navoiy shahrining “Zarafshon” mahalla fuqarolar yig‘ini jamoasi birinchi o‘rinni egalladi. 11-12 yoshli futbolchilar bahsida Navoiy shahrining Lochin mahallasi jamoasi, 13-14 yoshlilar o‘rtasidagi o‘yinlarda Navoiy shahrining Ishonch mahallasi yosh futbolchilari g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
G‘olib jamoa va eng yaxshi o‘yinchilarga tashkilotchilarning esdalik sovg‘alari hamda tashkiliy qo‘mitaning ramziy ko‘chma kubogi topshirildi.