Sirdaryo viloyatidagi Shirin shahrining Mirzo Ulug‘bek mahallasida aholining daromadini oshirish va ishsizlikni kamaytirish maqsadida manzilli ishlar amalga oshirilmoqda.

– Mahallamizda  1115 xonadon bo‘lib,  unda  3451  nafar aholi istiqomat qiladi,  –deydi  mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Umid Haydarov.–Davlatimiz rahbarining aholi daromadini oshirish va kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha bergan topshiriqlari asosida mahallada ishsizlikni kamaytirish va aholini ish bilan ta’minlashga qaratilgan katta islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu borada ishning to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishida mahallamiz hududida joylashgan  “Sirdaryo IES”ning roli katta bo‘lmoqda. Chunki,  Shirinda iqtisodiyotning qon tomiri hisoblangan "Farhod" GES,  "Sirdaryo IES” bor. Aholimizning deyarli  50-60  foizi mazkur korxonalarda faoliyat ko‘rsatsa,  ma’lum bir qismi tadbirkorlik,  dehqonchilik, issiqxonachilik,  chorvachilik,  parrandachilik va asalarichilik yo‘nalishlarida faoliyat ko‘rsatmoqda. Buning hisobiga aholimiz dasturxonlari to‘kin, ro‘zg‘orlari obod bo‘lib boryapti.  

Shu hududda issiqxonachilik yo‘nalishida faoliyat ko‘rsatayotgan "Shirin mahsulot"  mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, tadbirkor  Jumaboy Shermatov hududiy investitsiya dasturi  doirasida "Sirdaryo  IES” hududida  2,5 gektar yerda issiqxona xo‘jaligini tashkil etib,  uning 1 gektariga pomidor,  1,5 gektariga esa bodring ekdi.  

Gap shundaki,  tadbirkor mahalla aholisining bandligini ta’minlash,  ular daromadini oshirishga munosib hissa qo‘shayotir. 50 nafar doimiy,  100 ga yaqin mavsumiy ishchi-xizmatchi yordami bilan bir yilda ikki marotaba pomidor va bodringning eksport navini yetishtirib,  MDH davlatlariga, shu bilan birga oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash,  aholining ushbu turdagi mahsulotga bo‘lgan ehtiyojini qondirish uchun ichki bozorga chiqarmoqda.  

–Yil boshida 1,5 gektar yerga ekilgan bodringni eksportga yo‘naltirayotgan bo‘lsak,  1 gektar yerga ekilgan pomidor  esa hosilga kirdi, –deydi issiqxona xo‘jaligi ish boshqaruvchisi Bobur To‘raboyev. – Asosiysi,  issiqxona xo‘jaligining o‘ziga yarasha tashvishi, muammolari bor. Belgilangan agrotexnik tadbirlar vaqtida bajarilmasa,  o‘g‘itlar berilmasa, kutilgandek natijaga erishib bo‘lmaydi. Bu borada tajribali agronom, mutaxassislarning yordami katta bo‘lmoqda. Ular maslahati,  tavsiyasi asosida ishni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yganligimiz yutuqlarimizning bosh omili bo‘lmoqda.

Mirzo Ulug‘bek mahallasi aholisining daromadi oshishi,  farovonligini ta’minlashda hududdagi "Sirdaryo IES”,  "Shirin mahsulot" MCHJ va boshqa yuridik sub’ektlarning yordami katta, albatta.  

– Bundan tashqari,  mahallada tomorqachilik masalalariga ham jiddiy e’tibor qaratganmiz, –deydi mahalla raisi. – To‘qsonbostiga ekilgan ismaloq,  sarimsoq,  rediska,  kashnich,  shivit kabi rezavor ekinlarimiz bozorlardan munosib joy olayotgan bo‘lsa,  yerga qadalayotgan pomidor,  bodring,  kartoshka,  sabzi,  qizilcha va boshqa ekin turlari aholimizning daromadi oshishi,  dasturxonlarimizning yil davomida to‘kin bo‘lishiga xizmat qilmoqda.

Ha, Mirzo Ulug‘bek mahallasida amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar aholini ish bilan ta’minlash, daromadini oshirish va kambag‘allikdan chiqarishda muhim rol o‘ynamoqda.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mahalla aholisining daromadi oshmoqda