Yurtimizda tibbiyot sohasini yanada rivojlantirish, aholi sog‘ligini mustahkamlash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Natijada sohada amalga oshirilayotgan islohotlar samarasi o‘laroq eng chekka qishloqlarimizda ham zamonaviy shifo maskanlari qad rostlamoqda.

Ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, tibbiy xizmatning sifatini yanada oshirishga alohida e’tibor berilyapti. bugungi kunda qilinayotgan har bir ezgu amal, islohot “Inson qadri uchun” tamoyiliga asosan olib borilmoqda.  

Xatirchi tumani prokurori, 2-sektor rahbari Nurmurod Avazov tashabbusi bilan sektor hududidagi mahallalarda istiqomat qiluvchi aholi uchun tibbiy ko‘rik tashkil etildi. Sektor hududidagi mavjud 14 mahallada istiqomat qiluvchi aholi vakillari chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tish davomida 12 turdagi tor mutaxassis vakillaridan maslahat ham oldi. Shuningdek, tibbiy ko‘rik davomida hozirgi vaqtda keng tarqalgan o‘pka kasalliklari, diabet, onkologik, yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olish, profilaktika qilish va davolash usullari, sog‘lom turmush tarzi hamda faol jismoniy harakatning inson salomatligiga hissasi tushuntirildi.  

Tibbiy ko‘rik jarayonida 4 ming 953 nafar fuqaro qamrab olinib, to‘liq chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Shundan 5 nafar fuqaroga viloyat markazida joylashgan shifoxonalarga, 34 nafar fuqaroga tuman tibbiyot birlashmasiga davolanish uchun yo‘llanma berildi. Uyda yotib qolgan va ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan fuqarolar ham malakali shifokorlar ko‘rigidan o‘tkazilib 200 nafarga yaqin fuqaroga bepul dori-darmon berildi.  

A.Bo‘riyev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mahalla aholisi uchun tibbiy ko‘rik tashkil etildi