O‘zAning “Globus” loyihasi navbatdagi mehmoni Yaponiyada tadqiqotchi-tahlilchi (Research Analyst) sifatida faoliyat olib borayotgan Maftuna Mavlonova.

– Oliy ta’lim uchun innovatsiya mutaxassisi sifatida shuni aytamanki, iqtisodiy nuqtai nazardan zamonaviy globallashuv, raqamli iqtisodiyot sharoitida innovatsion faoliyatni tashkil qilish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha rivojlangan mamlakatlar tajribasini o‘rganish masalasi nihoyatda muhim, –  deydi Maftuna. – Pedagogika nuqtai nazardan esa zamonaviy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan innovatsion jarayon, avvalo, barcha sohalarda raqamli texnologiyadan faol foydalanish bilan bog‘liq va birinchi navbatda ta’lim sifati va samaradorligini oshirishga qaratilgan.

Prezidentimizning so‘zlarini eslaylik:

– Innovatsiya – kelajak. Biz buyuk kelajagimizni barpo etishni... aynan innovatsion g‘oyalar asosida boshlashimiz kerak. Innovatsion rivojlanish va raqamli iqtisodiyot yo‘liga o‘tishimiz bejiz emas, chunki zamon shiddat bilan rivojlanayotgan hozirgi davrda kim yutadi? Yangi fikr, yangi g‘oya, innovatsiyaga tayangan davlat yutadi.

Bu fikr mamlakatimiz zamonaviy yuksalishga erishish maqsadida innovatsion rivojlanish bosqichiga kirganidan dalolat.

Maftuna Mavlonova kun chiqar yurtda yapon tilini o‘rganishni niyat qilib, 2021 yil Yaponiyaning Sukuba universiteti magistraturasi grantini yutib oldi. Mazkur loyiha mamlakatdagi eng yirik xususiy jamg‘arma – “Nippon Foundation” tomonidan moliyalashtirilgan. Bu dastur har yili Markaziy Osiyodagi iqtidorli talabalarga Yaponiyada bepul o‘qish imkoniyatini taqdim etadi. Yosh o‘zbek mutaxassisi o‘qish davomida tadqiqot o‘tkazish uslubi, oliy ta’limda innovatsiya yaratish bo‘yicha ham bilimini oshiryapti.

U faoliyati davomda AQSH Xalqaro xususiy tadbirkorlik markazi (Center for International Private Enterprise) – CIPE tomonidan o‘tkazilgan Yoshlar yetakchilik dasturida qatnashib, O‘zbekistonda STEM yo‘nalishiga xotin-qizlarni jalb qilish mavzusida tadqiqot boshladi. Magistraturada o‘qish bilan birga BMT Taraqqiyot dasturi (UNDP)da stajirovka o‘tadi.

– Hozir Tokioda istiqomat qilyapman, – so‘zini davom ettiradi qahramonimiz. – O‘zbekiston va Yaponiya munosabatlari sohasida yetuk mutaxassis bo‘lish orzusi men uchun eng katta motivatsiya. Asosan ta’lim, xalqaro aloqalar, shuningdek ikki mamlakat bilan bog‘liq turli loyihalarda ishlash imkoniyatini ko‘rib chiqdim.

O‘zbekistonlik yosh mutaxassis Buyuk Britaniya, Singapur, Malta, Avstraliyada ish yuritadigan Oliy ta’limda innovatsion texnologiya (Supercharger Ventures edtech) startap accyeleratorlaridan birida nufuzli universitetlar – Italiyaning Bocconi, Ispaniyaning Esade, Norvegiya biznes markazi bilan hamkorlik qilmoqda. Hozir oliy ta’lim uchun mo‘ljallangan “Sandbox” dasturi ustida ish yurityapti.

– Kun chiqar yurtga kelganimdan keyin dunyoqarashim yetarlicha o‘zgardi, – deydi M.Mavlonova. – Bir jamiyatda umumiy me’yor sifatida qabul qilingan to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri, chiroyli yoki noo‘rin va hokazo tushunchalar har doim ham boshqa jamiyatga mos kelavermas ekan. Xullas, boshqa xalqning o‘zgacha qarashlari, qadriyati, go‘zallik haqidagi tushunchasi va hokazo holatlar men uchun yangilik bo‘ldi. Vaziyat taqozosi bilan o‘zgalar nuqtai nazarini qabul qilish va hurmat qilishni o‘rgandim.

Yana tabiatga nisbatan mutlaqo boshqacha munosabatda bo‘la boshladim. Aynan nima uchunligini bilmadim-u, lekin Yaponiyada tabiiy go‘zallikdan bahramand bo‘lish, atrof-muhitni qadrlash va tabiatga g‘amxo‘rlik qilishga odatlandim.

Moddiyatga munosabatim ham o‘zgardi: ilgari dugonalarim kabi tez-tez nimadir xarid qilishga o‘ch edim, endi atrofimdagi keraksiz buyumlardan xalos bo‘lishga, har narsani olavermaslikka harakat qilaman. Yaxshi taassurot, iliq his-tuyg‘u va yoqimli onlarni ko‘proq qadrlayman.

Tartibliroq bo‘ldim. Reja daftari tutyapman: maqsadlar kundalik hayotimning bir bo‘lagiga aylandi.

Yaponiyaning ko‘p qirrali san’ati – Kabuki teatri meni o‘ziga rom qildi. Kamida 4-5 soat davom etadigan, barcha rollarni erkaklar o‘ynaydigan  spektakl kishini chuqur mushohadaga chorlaydi.

Sakura gullashi munosabati bilan bo‘lib o‘tadigan festivalni alohida ta’kidlamoqchi edim. Bu bayramning nomi – “Xanami”, guldan zavqlanish ma’nosini anglatadi. Har bahor Yaponiyada hayot, go‘yo, qisqa muddatga to‘xtaydi. Odamlar “Xanami”da boqqa boradi. Bahorning boshlanishi, yangi hayot ramzi bo‘lgan an’anaviy olcha guli festivalida ishtirok etadi. Gullash martdan may oyi boshigacha har bir mintaqada turlicha namoyon bo‘ladi. Tokioda sakura, odatda, aprel oyi o‘rtalarida gullaydi.

Sakura gulbargi juda nozik bo‘ladi, tez to‘kiladi, to‘liq gullashi uchun bir hafta kerak. Mabodo yomg‘ir yog‘sa yoki kuchli shamol essa, gullay boshlagan zahoti to‘kilishi ham mumkin.

Tokiodagi Ueno bog‘ida xiyobon va ko‘rkam hovuz bo‘ylab 1000 dan ziyod sakura daraxti ekilgan.

Odatda, gavjum bog‘larda gulchambarlar osilgan, kanallar yoritilgan, pushti rang yorug‘likning noodatiy jilosini ham ko‘rish mumkin. Masalan, 2023 yil Chinzanso mehmonxonasi hududidagi bog‘da pushti yorug‘lik bilan birga ertaknamo tuman paydo bo‘ldi.

Sakuraning 400 ga yaqin navi bor, eng mashhuri Satonishiki...

O‘zi tanlagan sohani mukammal o‘rganib, yetuk mutaxassis bo‘lib ona vatani – O‘zbekistonga qaytishni orzulagan tahlilchi Maftuna Mavlonova suhbatimiz yakunida yuksak rejalari sekin-asta ijobat bo‘layotganidan mamnunligini ta’kidladi.

Muharrama Pirmatova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Maftuna Mavlonova: Men uchun asosiysi – malakali mutaxassis bo‘lib yetishish