Madina aeroporti O‘zbekistondan ilk ziyoratchilarni qabul qildi
Saudiya Arabistoni Podshohligining “Al-Madina”, “Bugun”, “Al-Jazirahonline” kabi qator yetakchi nashrlari Madina shahridagi Shahzoda Muhammad bin Abdulaziz xalqaro aeroporti pasport tekshiruvi bo‘limi tomonidan Haj ziyoratini ado etish uchun borgan o‘zbekistonlik ziyoratchilarning dastlabki guruhi qabul qilinganini yoritdi.
Maqolada mehmonlar uchun barcha zarur qulayliklar yaratilgani, mamlakatga kirib-chiqish tartib-taomilini osonlashtirish uchun tegishli majmualar eng zamonaviy jihozlar bilan ta’minlangani, hujjatlar nazorati jarayoniga malakali kadrlar jalb etilgani ta’kidlangan.


Muharrama Pirmatova, O‘zA