1992 yil 10 dekabr. O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi qabul qilingan kun.

1992 yil 10 dekabr. O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi qabul qilingan kun. Bu – bizning tarixiy qo‘shig‘imiz, vatanimiz qo‘shig‘i. Bugun ko‘plab yurtdoshlarimiz qo‘lni-qo‘lga berib, yomg‘ir ostida jo‘rovozlikda ijro etdi.

“Serquyosh hur o‘lkam elga baxt najot...”. Madhiyamizning bu so‘zlari poytaxtimizdagi Xalqlar do‘stligi saroyi yonidagi ochiq maydonda tongdan buyon yangramoqda. O‘z yumushlari bilan atrofdan o‘tib-qaytayotgan yo‘lovchilar ham bir necha daqiqa hayot tashvishlarini unutib, kuy ijrochilarni tomosha qilmoqda. Harbiylar, kichik yoshdagi bolajonlar tilidan yangragan so‘zlar quloqlarga o‘zgacha yoqimli eshitilsa, ne ajab.

– Qo‘limiz ko‘ksimizda ekan Vatan uchun, yurt uchun xizmat qilishimiz va madhiyani baralla aytishimiz kerak, – deydi Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi bo‘lim boshlig‘i Munira Qahhorova. – Kerak bo‘lsa uyda bolalarimizga o‘rgatishimiz ularda Vatan tuyg‘usini oshiradi. Bolalarga shunday o‘rgatingki, madhiyani kuylaganda O‘zbekiston tarixini ko‘z oldiga keltirsin. Mana shu yurt meni vatanim degan tuyg‘ular yurak-yuragiga joylashsin. Har bir oilada madhiya ona allasi kabi yangrashi kerak. Ozodlik kunlariga yetisha olmagan ajdodlarimiz ruhi uchun ham bu kunni bayram qilish burchimiz, majburiyatimiz deb bilaman.

“Vatanim madhiyasi — faxrim, g‘ururim” shiori ostida o‘tkazilayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirda el sevgan xonandalar ham o‘z chiqishlari bilan muxlislarni shod etdi.

Munira opaning madhiya ona allasi kabi har bir xonadonda yangrashi kerak degan so‘zlaridan keyin boshqa davlatlarda madhiyaga munosabat qanday ekaniga qiziqib, internetdan ba’zi ma’lumotlarni o‘rgandik.

Qayd etish kerakki, Amerika Qo‘shma Shtatlarining davlat maktablarida har kuni ertalab bolalar gimnni ijro etar ekan. Fransiya shu yildan e’tiboran haftada ikki soat davlat gimni darsini joriy qilgan bo‘lsa, Turkiyada davlat madhiyasi ta’lim tizimining ajralmas bir qismi hisoblanadi.

Hindistonda esa har kuni soat 9:00 da o‘quvchilar saf tortib, davlat madhiyasini kuylab, davlatga sodiqligi bo‘yicha qasamyod qilsa, Qozog‘istonning sharqiy va g‘arbiy hududlaridagi davlat maktablarida bir necha yillardan buyon mashg‘ulotlar o‘quvchilarning jo‘r bo‘lib madhiya kuylashidan boshlanar ekan.

Aslida ham madhiya jamiyatning barcha a’zolarini yagona bayroq ostiga birlashtiruvchi vositalardan biri bo‘lib, yuragida vatan ishqi yashayotgan vatandoshlarimiz qalbida milliy g‘urur, o‘zlikni anglash, milliy qadriyatlarni qadrlash timsoliga aylanayotgani shubhasiz.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Madhiyani alla kabi aytmoq kerak (video)
Жамият
12:56 / 10:12:2019