Farg‘ona shahridagi Islom Karimov nomidagi Teatr-konsert saroyida madaniyat va san’at xodimlari kuni keng nishonlandi. Unda sohada uzoq yillar samarali faoliyat yuritgan mehnat faxriylari, bugungi kunda fidoyilik bilan ishlayotgan faollar, xalqimiz suygan san’atkorlar, yoshlar va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Tadbir avvalida Farg‘ona zaminida tug‘ilib o‘sgan, o‘zining noyob iste’dodi bilan xalqimiz ko‘nglidan joy olgan ulug‘ san’atkorlar, shuningdek, bugungi kunda xalqimiz xizmatida bo‘lib turgan soha xodimlarini e’tirof etuvchi “San’atdan baxtini topganlar” nomli videorolik namoyish etildi.  

Farg‘ona azaldan mamlakat madaniyat va san’at sohasiga buyuk namoyondalarni yetkazib  bergan markazdir. Viloyatda hozirgi kunda ham milliy madaniyatni yanada rivojlantirish, moddiy va nomoddiy madaniy meros durdonalarini asrab-avaylash va targ‘ib etish, xalq og‘zaki ijodiyoti hamda havaskorlik san’atini yanada ommalashtirish, yoshlarning madaniyat, san’atga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Shuni aytish kerakki, farg‘onalik ijodkorlar o‘zbek san’ati yutuqlarini chet ellarda ham targ‘ib etishda faollik ko‘rsatishyapti.

– Qo‘shni Qirg‘iziston, Tojikistondan va yana boshqa xorijiy mamlakatlarda teatr jamoamiz sahna asarlarini ko‘rsatib kelishyapti, – deydi Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari Xurshidjon Ahmedov. – Farg‘ona viloyat delegatsiyasi tarkibida madaniyat xodimlari, san’atkorlarimiz, filarmoniya jamoasi bugun Turkiyaga uchib ketishdi. Tashrifdan ko‘zlangan maqsad Farg‘ona viloyatidagi madaniyat, san’atni turk davlatidagi qondoshlarimizga ko‘rsatish va bizga berilayotgan imkoniyat, sharoitlarni targ‘ib qilish. 

Tantanada san’at va madaniyat fidoyilariga Farg‘ona viloyat hokimligining faxriy yorliqlari va esdalik sovg‘alari topshirildi.  

Bayram tadbiri konsert dasturi bilan davom etdi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/Lzrs3g9PvXA" title="Madaniyat va sanʼat xodimlari kuni nishonlandi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Muhammadjon Obidov, Elyor Olimov (surat), O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Madaniyat va san’at xodimlari kuni nishonlandi (+video)