FOTOREPORTAJ
Nukus shahrida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, Vazirlar Kengashi va O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan madaniyat va san’at sohasida fidokorona mehnat qilib kelayotgan xodimlarni rag‘batlantirish maqsadida bir guruh soha xodimlariga “Madaniyat va san’at fidokori” ko‘krak nishonini va “Alg‘is-2024” mukofotini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
[gallery-21410]
Tadbirda ishtirok etgan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri O. Nazarbekov hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi qo‘mita raisi M. Otamuratov davlatimiz rahbari boshchiligida sohani rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar xususida so‘z yuritdi.
Sohaning bir guruh fidoyilariga O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan taqdim qilingan “Madaniyat va san’at fidokori” ko‘krak nishoni hamda “Yilning eng faol teatr rejissyori”, “Yilning eng faol teatr aktyori”, “Yilning eng faol baletmeysteri”, “Yilning eng faol qo‘shiqchisi”, “Yilning eng faol bolalar musiqa va san’at maktabi”, “Yilning eng faol xalq ijodkorlar jamoasi”, “Yil davomida natijali ish ko‘rsatgan madaniyat bo‘limi” nominatsiyalari bo‘yicha “Alg‘is-2024” mukofoti topshirildi.
Maqsad HABIBULLAEV(surat),O‘zA