FOTOREPORTAJ

Farg‘ona shahridagi Innovatsion madaniyat markazi qayta ta’mirlanib, zamonaviy va ko‘rkam qiyofa kasb etdi.

Markazning foydalanishga topshirilishi munosabati bilan tashkil etilgan marosimda madaniyat xodimlari, shahar ahli, yoshlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.  

Tadbirda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov so‘z olib, bugungi kunda mamlakatimizda madaniyat va san’at sohasiga katta e’tibor qaratilayotgani, sohani rivojlantirish uchun hududlarda salmoqli ishlar amalga oshirilayotgani xususida so‘z yuritdi. Jarayonda mazkur markazda mehnat qilayotgan fidoyi ustozlarning ham munosib o‘rni borligi ta’kidlandi.  

Ta’kidlash kerak, Madaniyat markazi binosi 1910 yilda barpo etilgan bo‘lib, u madaniy meros ob’ekti sifatida ro‘yxatga olingan. Davlatimiz rahbarining topshirig‘i asosida manzilda 6,5 milliard so‘mlik ta’mirlash va jihozlash ishlari amalga oshirildi.

Hozirda maskanda 83 ta to‘garak, 21 ta xalq havaskorlik jamoasi va bolalar badiiy jamoalari faoliyat olib bormoqda. Mashg‘ulotlarga mingdan ziyod o‘quvchi-yoshlar qamrab olingan. Ular  o‘z iste’dodini rivojlantirish bilan birga, respublika va xalqaro miqyosdagi madaniy tadbirlarda faol ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritib kelmoqda.

[gallery-23853]

Zamonaviy qiyofaga kirgan markazda san’atga ishtiyoqmand yoshlar uchun barcha shart-sharoitlar yaratildi. 240 o‘rinli konsert zali, san’at, hunarmandchilik to‘garaklari, sport xonasi ular ixtiyorida.  

E’tiborlisi, yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishga qaratilgan “Dolzarb 90 kunlik”da markaz yoshlarning to‘garaklarga qamrovini oshirish harakatida.  

Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Madaniyat markazi zamonaviy qiyofada