Namangan viloyati Madaniy meros boshqarmasi tomonidan 18 aprel – xalqaro yodgorliklar va tarixiy joylarni saqlash kuni munosabati bilan «Tarixiy obida va yodgorliklar – xalqimizning bebaho mulki» mavzusida tadbir o‘tkazildi.

Tizim xodimlari, tarixchi olimlar, manbashunoslar, ommaviy axborot vositalari xodimlari, oliy o‘quv yurtlari talaba yoshlari ishtirokidagi mazkur anjumanda viloyat hokimi o‘rinbosari Botirjon Nuriddinov mamlakatimizda madaniy meros ob’ektlarini asrab-avaylash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berdi.

Mamlakatimizda milliy qadriyatlarni, yurtimizdagi tarixiy obida va madaniy yodgorliklarni asrab-avaylash, o‘rganish va muhofaza qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘zbekiston Respublikasining “Madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foylanish to‘g‘risida” gi Qonuni bu borada muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda.

Namangan viloyatida qadimiy yodgorliklarni o‘rganish, qayta tiklash bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Namangan viloyati Madaniy meros boshqarmasi boshlig‘i Muhammadjon Qodirov ta’kidlab o‘tganidek, bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 4 oktyabrdagi “Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk ob’ektlari milliy ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida” gi qarori bilan Namangan viloyatidagi 274 ta moddiy madaniy meros ko‘chmas mulk ob’ekti davlat muhofazasiga olingan. Shundan, 152 tasi arxeologiya yodgorliklari, 98 tasi arxitektura yodgorliklari ob’ektlari, 8 tasi monumental san’at asarlari va 16 tasi diqqatga sazovor joylarni tashkil etadi.

Boshqarma tomonidan o‘tgan yil mobaynida restavratsiya qilish lozim bo‘lgan 6 ta moddiy madaniy meros ob’ektiga loyiha smetalari tayyorlanib, ilmiy Kengashga taqdim etilgan. Moddiy madaniy meros ob’ektlarida olib borilayotgan restavratsiya-tiklash ishlarini doimiy nazoratga olish maqsadida joriy yilda davlat dasturiga kiritilgan Kosonsoy tumanidagi “G‘o‘zapoya masjidi”, Mingbuloq tumanidagi “Qolgandaryo masjidi”, Namangan shahridagi “Xotira va qadrlash uyi” ob’ektlari uchun Ilmiy-kengash xulosasi olindi va mazkur ob’ektlarda restavratsiya ishlari amalga oshirildi. Moddiy madaniy meros ob’ektlarining davlat kadastrini yuritish, tarixiy, ilmiy, badiiy yoki o‘zgacha madaniy qimmatga ega bo‘lgan ob’ektlarni aniqlash, ularni hujjatlashtirish va davlat hisobiga olish, moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk ob’ektlari toifalari va qo‘riqlanadigan tegralarini belgilash, shuningdek, ulardan oqilona foydalanilishini ta’minlash ishlari ham boshqarma zimmasida.

Anjumanda madaniy meros ob’ektlarini saqlash yuzasidan hukumat qarorlari ijrosi, madaniy meros ob’ektlarini asrashga bo‘lgan fuqarolik burch va mas’uliyat, tarixiy obida va yodgorliklar – xalqimizning bebaho mulki mavzularida ekspert va olimlarning ma’ruzalari tinglandi.

– Manbalarda keltirilishicha, Namanganning tarixi yaqin ming yillarga borib taqaladi. O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Sharqshunoslik ilmiy-tekshirish institutida saqlanayotgan “Tazkirai Bug‘roxoniy” kitobida yozilishicha, qoraxoniylar sultonlari X asrda Turkistonni, Farg‘ona vodiysini zabt etishadi va Islom dinini keng yoyishadi, – deydi manbashunos olim Ahmad Ubaydulloh. – Qoraxoniylar sultoni Sodiq Bug‘roxon poytaxt O‘zganda yashagan olim Ahmad Bin Sa’diddin al O‘zganiyni chaqirib, tarixiy kitob yozishni buyuradi. 

Olim “Tazkirai Bug‘roxoniy” kitobini yozishga kirishadi, keyinchalik olim ma’lum sabablarga ko‘ra Namanganga keladi va o‘z asarini oxiriga yetkazadi. Bu haqida kitobida ham bitgan. Ayni shu asar – Namanganni qadimiy shahar ekanligini tasdiqlovchi ilk yozma manbadir. O‘tgan asrlar davomida shu muqaddas zaminda qurilgan ko‘plab asori atiqalar, tarixiy qadamjolar yo‘q bo‘lib ketdi. 

Demak, bizga yetib kelgan, xalqimizning mehnati bilan bunyod etilgan yodgorliklar, san’at asarlari, qo‘lyozma kitoblarini ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylab, uni chuqur o‘rganish, kelajak avlodlarga qoldirish barchamizning muqaddas burchimizga aylanmog‘i lozim.

Darhaqiqat, milliy davlatchiligimiz tarixini o‘zida aks ettirgan va madaniy obidalarni o‘rganish, asrab-avaylash va keng targ‘ib etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar samarasi ayniqsa, yoshlar qalbida Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat, ajdodlardan iftixor qilish tuyg‘usini yuksaltirishga xizmat qiladi.

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Madaniy merosni asrash – muqaddas burchimiz