Vatanimiz betakror tarixiy obidalar, asrlarga teng madaniy meros obyektlariga boy. Ammo ularni borligining oʻzi yetarli emas. Agar qarovsiz qolsa, ziyon-zahmat yetishi tayin. Shu bois, ularni har taraflama muhofaza qilish, kelajak avlodlarga bezavol yetkazish asosiy vazifalardandir.

Fuqarolar Oʻzbekiston xalqining tarixiy, maʼnaviy va madaniy merosini avaylab asrashga majburdirlar.
Madaniyat yodgorliklari davlat muhofazasidadir.

(Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 49-moddasi).

Ammo moddiy madaniy va arxeologiya merosi obyektlarining aksariyati taʼmirtalab ahvolga kelib qolganligi koʻp bor tanqid qilingan. Ularning sayyohlik salohiyatidan foydalanish imkoniyati yoʻqolib borayotganligi ham bor gap. Madaniy meros obyektlarini restavratsiya va konservatsiya qilish ishlarida yetarli darajada ilmiy-tarixiy yondashuv boʻlmagan. Eng yomoni, shu paytga qadar moddiy madaniy meros obyektlarining holati yuzasidan doimiy monitoring olib borilmagan.

Poytaxtimizdagi moddiy madaniy meros obyektlarini oʻrganish ishlari olib borilayotgan vaqtda baʼzi joylarga deputatlar va eksport guruhi bilan birga borishimizga toʻgʻri keldi. Joylardagi hokimlik qarorlari asosida bu kabi obyektlarda oʻzboshimchalik bilan qurilish qilingani, buzib tashlanayotgani, qarovsiz, tashlandiq joyga aylanib qolayotganining guvohi boʻldik. Hatto bu joylardan noqonuniy foydalanayotgan fuqarolar oʻz aybini tan olishni istamay, qarshilik koʻrsatgan vaqtlari ham boʻlgan. Shunda bu boradagi bong urishlar, oʻrganishlar, takliflar samara berarmikin, degan shubhaga ham borgandik.

Bir qator tashkilotlarning saʼy-harakatlari bilan moddiy madaniy meros obyektlarini asrash, restavratsiya qilish, qonuniy himoyalash yuzasidan bildirilgan takliflar eʼtiborga olindi. Sohaga tegishli meʼyoriy hujjatlar qabul qilindi. Muammolarni hal etish choralari koʻrilmoqda.

Endilikda nima oʻzgaradi?

Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 30-avgustdagi “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisida”gi qonuni ham ayni yoʻnalishdagi ishlarni tizimlashtirishda muhim ahamiyatga ega.

Prezidentimizning 2018-yil 19-dekabrdagi “Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori madaniy merosimizni muhofaza qilish, ilmiy oʻrganish va undan foydalanish sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirishga bagʻishlangan. Shuningdek, moddiy madaniy meros obyektlari mamlakatimiz turistik imkoniyatlarini kengaytirishda muhim omildir. Bu jihat koʻp hollarda eʼtibordan chetda qolgan. Mazkur qaror asosida sohada davlat nazoratini yanada kuchaytirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzurida Madaniy meros departamenti va hududlarda uning boshqarmalari tashkil etildi.

Shuningdek, 2019-2021-yillarda moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish, asrash, ilmiy tadqiq etish, targʻib qilish va ulardan oqilona foydalanishni tubdan takomillashtirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” qabul qilingan.

Xoʻsh, bu borada rejalar qanday?

– Departament qoshida tarix, meʼmorchilik, moddiy madaniy meros sohasida ilmiy, amaliy tajribaga ega boʻlgan 11 nafar olim va yuqori malakali mutaxassislardan iborat Ilmiy-ekspert kengashi tuzilgan, – deydi Madaniy meros departamenti Toshkent shahar boshqarmasi mutaxassisi Shavkat Turopov. – Endilikda moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari va ularning qoʻriqlanadigan tegralarida yer qazish, yer tuzish, qurilish, melioratsiya va boshqa xoʻjalik ishlari, asrashga doir ishlarni amalga oshirish hamda ilmiy va ilmiy-texnik tadqiqotlar oʻtkazishga oid loyihalar Ilmiy-ekspert kengash bilan kelishilishi lozim, bunda uning xulosasi Departament uchun majburiy hisoblanadi. Madaniy meros jamgʻarmasi tashkil etilib, uni shakllantirish manbalari ham belgilab qoʻyilgan.

Buxoro davlat badiiy-meʼmoriy muzey-qoʻriqxonasi, Samarqand davlat birlashgan tarixiy-meʼmoriy va badiiy muzey-qoʻriqxonasi, Xiva “Ichan qalʼa” davlat muzey-qoʻriqxonasi tegishlicha “Buxoro”, “Samarqand”, “Ichan qalʼa” davlat muzey-qoʻriqxonalari etib qayta nomlandi.

Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo va Fargʻona viloyatlarida tegishlicha “Sarmishsoy”, “Shahrisabz”, “Termiz” va “Qoʻqon” davlat m

uzey-qoʻriqxonalari tashkil etilishi belgilandi.

YUNESKOning Umumjahon merosi roʻyxatiga tarixiy-madaniy qiymatiga koʻra kiritilgan respublikadagi hududlar alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlar hisoblanadi hamda ularda rejalashtirilgan qurilish va obodonlashtirish ishlarining loyihalari Departament hamda YUNESKOning Umumjahon merosi markazi bilan majburiy tartibda kelishilgan holda amalga oshiriladi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining joriy yil 4-oktyabrdagi “Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori ayni maqsadga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir. Unda moddiy madaniy meros koʻchmas mulk obyektlarining milliy roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlandi.

Yana bir muhim jihati shundaki, moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish boʻyicha jamoatchi inspektorlar faoliyati tashkil etildi, ularning qonun hujjatlari buzilishiga oid murojaatlari Departament yoki uning hududiy boshqarmalari tomonidan majburiy tartibda davlat nazorati shaklida tekshiriladi. Bunda maʼmuriy huquqbuzarlik yoki jinoyat aniqlansa, jamoatchi inspektorlar Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan pul mukofoti bilan taqdirlanadi. Bu bir ragʻbatdek koʻrinadi. Aslida esa bu mutaxassislarning masʼuliyatini yanada oshirish va odilona ishlashi uchun yaratilgan imkoniyatdir.

Departament tomonidan 8 ming 208 ta obyektning roʻyxati tasdiqlandi. Shundan, arxeologiya yodgorliklari 4 ming 748, arxitektura yodgorliklari 2 ming 250, monumental sanʼat yodgorliklari 678, diqqatga sazovor joylar esa 532 tani tashkil etadi. Ammo murojaatlar shuni koʻrsatmoqdaki, bu borada ham baʼzi kamchiliklar uchrab turibdi. Shu bois ham obyektlarni qayta tekshirish, oʻrganish va roʻyxatlashtirishda Madaniyat vazirligiga aniqlik kiritish, tushuntirish berish huquqi berildi.

Avvallari aholi ham bilib-bilmay obidalarga, moddiy obyektlarga zarar berib qoʻyayotgan edi. Zarur hujjatlar qabul qilingach, masʼul tashkilotlarning masʼuliyati oshirildi. Javobgarlik kuchaytirilgach, bu kabi salbiy oqibatlarning oldi olinishi taʼminlanyapti.

Shuningdek, madaniy merosni saqlash faqat mazkur Departamentning vazifasi deya qarash ham notoʻgʻridir. Madaniy meros xalq mulkidir, uni saqlash va kelgusi avlodlarga yetkazish barchamizning burchimiz. Bu har bir inson, oila, har bir mahalla, tuman, shahar ahlining muqaddas burchidir. Ayniqsa, oʻsib kelayotgan yosh avlodni barkamol etib tarbiyalashda Vatanimizga, xalqimizning merosiga hurmat, faxr va gʻurur tuygʻularini shakllantirish, ularni eʼzozlashga chorlash biz kattalarning vazifamizdir. Farzandlarimiz koʻproq muzeylarga, koʻrgazmalarga va bevosita obidalarga borib ushbu meros bilan yaqindan tanishishlari yaxshi samara beradi. Bu borada OAV bilan doimiy hamkorlik zarur. Zero, obidalarni faqat jazo va jarimalar bilan emas, balki mehr-muhabbat bilan asrab-avaylaylik.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Madaniy meros obyektlaridan oʻzboshimchalik bilan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi