Madaniy-maʼrifiy va sport tadbirlari taşkil etildi
11-noyabr - Özbekiston kasaba uyuşmalari kuni munosabati bilan “Navoiy issiqlik elektr stansiyasi” AJda “Yangi Özbekiston - yangi kasaba uyuşmalari” şiori ostida işçi-xodimlarning böş vaqtini mazmunli taşkil etiş, soğlom turmuş tarzini tarğib qiliş hamda jamoada hamjihatlikni mustahkamlaşga qaratilgan madaniy-maʼrifiy va sport tadbirlari taşkil etildi.
Özbekiston Kasaba uyuşmalari Federatsiyasi Navoiy viloyati Kengaşi, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ Birlaşgan kasaba uyuşmalari qömitasi hamda stansiya rahbariyati va kasaba uyuşmasi qömitasi hamkorligida taşkil etilgan tadbirlarda rahbar va işçi-xodimlar iştirokida mini-futbol musobaqalari, “Zakovat” intellektual öyinlari hamda oltita şartni öz içiga olgan estafeta bellaşuvlari ötkazildi.

Mini-futbol musobaqalarida jamoalar jismoniy tayyorgarligi, mahorati va jamoa bölib harakat qiliş könikmalarini sinovdan ötkazdi.
Madaniy-maʼrifiy tadbirlar doirasida taşkil etilgan “Zakovat” intellektual öyinlarida xodimlar savollarga javob topiş jarayonida mantiqiy fikrlaş, tezkor qaror qabul qiliş, fikr almaşiş hamda birgalikda yeçim topiş borasidagi qobiliyatlarini namoyiş etdi.

Oltita şartdan iborat estafeta bellaşuvlarida esa çaqqonlik, tezkorlik, aniqlik va özaro muvofiqlaşgan harakatlar muhim örin tutdi.

Barça musobaqalar ğoliblari va sovrindorlari, şuningdek, faol iştirokçilar taşkilotçilar tomonidan munosib taqdirlandilar.
A.Böriyev, ÖzA muxbiri