O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2024 yildagi ilk davlat tashrifini har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini rivojlantirish mamlakatimiz tashqi siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolayotgan Xitoy Xalq Respublikasiga amalga oshirgani chuqur ramziy ma’noga ega.

24 yanvar kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin bilan muzokaralari an’anaviy do‘stona muhitda o‘tdi. Davlat rahbarlari ko‘p qirrali o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirishga oid keng ko‘lamli masalalarni muhokama qildilar. Uchrashuv yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston-Xitoy o‘rtasidagi barcha sharoitlarda har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashga qaratilgan hujjatlar qabul qilindi.

Davlat rahbarlari o‘zbek va xitoy xalqlarini bir-biriga yaqinlashtirish, bir-birini o‘zaro tushunishni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etayotgan madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlikni chuqurlashtirishga alohida e’tibor qaratdilar.

Xususan, tashrif arafasida Pekinda o‘tkazilgan birinchi O‘zbekiston-Xitoy ta’lim forumi, shuningdek, Shanxayda O‘zbekistonning sayyohlik salohiyati ko‘rgazmasi katta muvaffaqiyat bilan o‘tgani ta’kidlandi.  

Forumda ikki mamlakatning 100 dan ortiq oliy o‘quv yurtlari rahbarlari, ilm-fan vakillari, tegishli vazirlik va idoralar mutaxassislari ishtirok etdi.  Natijada ikki davlat ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha 70 ta ikki tomonlama shartnomalar imzolandi, qo‘shma dasturlarni tashkil etish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi, buning natijasida 300 dan ortiq o‘zbekistonlik talaba Xitoyning eng yaxshi universitetlarida tahsil olish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Bundan tashqari, O‘zbekistondan 100 dan ortiq talabalar uchun grant dasturlari tashkil etiladi.

Tomonlar O‘zbekiston va Xitoy Oliy ta’lim muassasalari hamkorligi to‘g‘risida Pekin deklaratsiyasini ham imzoladilar, unda O‘zbekiston-Xitoy universitetlar assotsiatsiyasini tashkil etish, innovatsion loyihalar va tadqiqotlarni birgalikda amalga oshirish, yozgi maktablar va oromgohlar tashkil etish ko‘zda tutilgan. Umuman olganda, ta’lim forumi ikki davlat o‘rtasidagi oliy ta’lim sohasidagi hamkorlikni har tomonlama kengaytirish va uni yangi bosqichga ko‘tarishga katta turtki berdi.

Tomonlar O‘zbekistonda Xitoyning «Lu Ban ustaxonasi» professional ta’lim tizimini joriy qilish bo‘yicha pilot loyiha boshlanganini olqishladilar. Tegishli shartnoma 2023 yilning noyabr oyida Tyantszin dengizchilik kasb-hunar kolleji va Toshkent davlat transport universiteti (TDTU) o‘rtasida imzolangan edi. «Lu Ban ustaxonasi» Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasida logistika menejmenti va axborot texnologiyalari yo‘nalishlari bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash sohasida hamkorlikni mustahkamlash uchun yangi platformaga aylanadi.

Shu bilan birga, turizmni rivojlantirish sohasida o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi. Shu maqsadda tashrif chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi va Xitoy Xalq Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi o‘rtasida 2024-2026 yillarga mo‘ljallangan turizm sohasida hamkorlik rejasi imzolandi. Bu esa, shubhasiz, turizmni yanada faollashtirishga, ushbu yo‘nalishdagi o‘zaro hamkorlik va ikki tomonlama sayyohlik almashinuvini oshirishga xizmat qiladi. Ta’kidlash joizki, pandemiyadan so‘ng mamlakatimizga xitoylik sayyohlar oqimi asta-sekin tiklanmoqda. 2023 yilda ularning soni 40 mingdan oshdi.

Shu kunlarda O‘zbekiston madaniyati kunlari doirasida bo‘lib o‘tayotgan tadbirlar ham xitoyliklarda katta qiziqish uyg‘otdi. Xususan, O‘zbekiston davlat simfonik orkestrining gala-konserti, o‘zbek tasviriy va amaliy san’ati ko‘rgazmasi tashkil etildi. 2023 yil oktabr oyida Xitoy Xalq Respublikasi madaniyat va turizm vazirining O‘zbekistonga tashrifi doirasida O‘zbekistonda Xitoy madaniyati kunlari bo‘lib o‘tdi.

Davlat rahbarlari yaxshi an’anaga aylangan o‘zaro madaniyat kunlari, ko‘rgazmalar, konsertlar, festivallar, sayyohlik yarmarkalarini o‘tkazishni davom ettirish, ta’lim va ilmiy muassasalar, yoshlar tashkilotlari o‘rtasidagi almashinuvni kuchaytirish zarurligini ta’kidladilar. Xususan, birinchi Qo‘shma Yoshlar innovatsiya forumini o‘tkazish taklif qilindi.

Albatta, 2024 yil O‘zbekistonda «Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili» deb e’lon qilingani inobatga olingansa, ushbu tadbirni tashkil etish juda dolzarb hisoblanadi. Bundan tashqari, yoshlar o‘rtasidagi aloqalarni faollashtirish do‘stlik va o‘zaro hamjihatlikni yanada mustahkamlash, ikki mamlakat yosh avlodining ijodiy va intellektual salohiyatini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi.

Xulosa qilib aytganda, O‘zbekiston rahbarining Xitoyga tashrifi O‘zbekiston-Xitoy munosabatlarini chuqurlashtirishda muhim bosqich bo‘lib, Toshkent va Pekinning ko‘p qirrali strategik sheriklikni yanada amaliy mazmun bilan to‘ldirishga bo‘lgan qat’iy intilishlarini namoyon etganini ishonch bilan qayd etishimiz mumkin.

Madina Aripova,

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

huzuridagi SMTI bosh ilmiy xodimi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlash O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi har tomonlama hamkorlikni rivojlantirishning mustahkam poydevori