Bojxona organlari tomonidan madaniy boylik predmetlarining bojxona chegaralari orqali noqonuniy ravishda olib chiqib ketilishini oldini olish maqsadida tizimli ravishda qarshi kurash olib borilmoqda.

Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi “Andarxon” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan post orqali qo‘shni davlatga chiqish maqsadida harakatlanayotgan fuqaro F.M.ga tegishli qo‘l yuklari bojxona nazoratidan o‘tkazildi. Natijada, fuqaro qo‘l yuklari orasida bojxona xodimining og‘zaki so‘rovida ma’lum qilinmagan, yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasi bilan deklaratsiyalanmagan hamda tegishli hujjatlari bo‘lmagan, 22 turdagi 44 dona rangli metalldan yasalgan madaniy boylik predmetlariga o‘xshash buyumlar borligi aniqlandi.

Madaniy meros agentligi xulosasiga ko‘ra, mazkur tovarlarning 36 donasi badiiy qiymatga ega bo‘lgan va 8 tasi badiiy qiymatga hamda tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan tovarlar ekanligi ma’lum bo‘ldi. “Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga asosan badiiy qiymatga hamda tarixiy ahamiyatga ega predmetlarni O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqilishi ta’qiqlangan. Mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

M. Sulaymonov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Madaniy boyliklarni noqonuniy olib chiqilishiga chek qo‘yildi