Odatda balandparvoz soʻzlarni aytishga oʻrganib qolganmiz. Bunday soʻzlarni aytarkanmiz, ogʻriqli nuqtalar, ildiz otayotgan muammolarning kuchi kesilganday boʻladi.

Odatda balandparvoz soʻzlarni aytishga oʻrganib qolganmiz. Bunday soʻzlarni aytarkanmiz, ogʻriqli nuqtalar, ildiz otayotgan muammolarning kuchi kesilganday boʻladi. Biroq sharqirab oqayotgan suv tingach tubidagi hamma narsalar koʻrinib qolgani kabi jarangdor soʻzlar ham tinsa, nuqsonlar asta-sekin boʻy koʻrsata boshlaydi.

Bir paytlar hayqiriqlari butun Fargʻonani tutgan yoshlarni bagʻriga olgan Fargʻona shahridagi “Yoshlar madaniyat va sport markazi” (amfiteatr) binosi bir qarashda hashamatli koʻringani bilan ichkaridan razm solsangiz xonalar avariya holatiga kela boshlagan. Qizigʻi shundaki, bu yerda viloyat madaniyat markazi faoliyat olib boradi. Amfiteatr ichidagi 4 ta xona markaz uchun ajratilgan. Bugungi kunda markazda 65 ta toʻgarakka 1 ming 365 nafar bolalar, oʻquvchi-yoshlar qamrab olingan. Ularga 40 nafar murabbiylar saboq beradi, amaliy mashgʻulotlar olib boradi. Har bir toʻgarak rahbari zimmasida bir oyda 96 soat mashgʻulot olib borish vazifasi yuklatilgan. Oʻtgan yili madaniyat markazi respublika miqyosida “Eng namunali madanayat va aholi dam olish markazi nominatsiyasi gʻolibi boʻlib “Ehtirom” mukofotini qoʻlga kiritdi.

Bir soʻz bilan aytganda, joriy yilda markaz va uning aʼzolari 200 ga yaqin tashakkurnoma, faxriy yorliq va sertifikatlarga ega boʻldi. Markaz muvaffaqiyatlari haqida soatlab gapirish mumkin. Lekin gap bu haqda emas. Gap madaniy ehtiyojlari ortib borayotgan aholi vakillari ota-onalar, ularning farzandlarini qoniqtirmayotgan, toʻgarak rahbarlarining qalbini tirnayotgan sharoit haqida...

Toʻgarak mashgʻulotlari amfiteatr binosidan tashqari Fargʻona ixtisoslashgan sanʼat maktabi, Fargʻona shahridagi 4- bolalar musiqa va sanʼat maktabi, 1,-2,-33- umumtaʼlim maktablarida olib boriladi.

Ayni paytda amfiteatr ichidagi mashgʻulotlar xonasini kuzatamiz. Boʻm-boʻsh, qarovsiz xonalar hech qanday talabga javob bermaydi. Joy tanqisligi sababli direktorning xonasida ham mashgʻulot oʻtkazilyapti. Qariyib 36 yildan beri shu sohada mehnat qilayotgan markaz direktori Tatyana Sheraliyeva shu kunga qadar sharoitni yaxshilash maqsadada bosh urib bormagan idorasi qolmadi. Qachon qarasang yelib-yuguradi. Qishda isitish tizimi, yozda salqin xona muammosi... Darvoqe, yuqorida biz tilga olgan tashakkurnoma-yu sertifikatlar qor-yomgʻir suvlari oqib tushgan, taʼmirsiz devorlarga munosib koʻrilmasdan direktor xonasidagi jurnal stolida taxlanib yotibdi. Ularni devorlarga maxsus qolip bilan oʻrnatib qoʻysa boʻladi. Lekin birorta xonada taʼmirlangan pardozlangan devor yoʻq, hammasidan yomgʻir suvlari oqib tushib devorni rasvo qilib yuborgan. Cholgʻu asboblari ham shu yerda, sohaga oid hujjatlar, buyumlar torgina uchburchak xonadan oʻrin olgan. Yaqindagina jonkuyar rahbar oʻz mablagʻi hisobidan 4 yoshli bolalar uchun moʻljallab yasalgan tor, tanbur. rubob, nogʻora kabi cholgʻu asboblari sotib olibdi. 24 nafar 4 yoshdan sakkiz yoshgacha boʻlgan bolalar yigʻib ansambl tashkil etilgan. Bolajonlar shu torgina xonada stollarga tigʻiz tizilishib oʻtirib musiqa chalishni oʻrganishadi.

photo5210916660565879624.jpg

Direktorning xonasi bilan yondosh zalda badiiy rahbar, xalq filarmoniyasi rahbari, 2 nafar uslubchi va hisobchining ish stollari joylashtirilgan. Holbuki bu yerda vokal cholgʻu, folklor, maqom va raqs ansamblari ijrochilarining mashgʻulotlari olib boriladi. Ha, iloj yoʻqligidan hisobchi-yu ijodkor, isteʼdodli bolalar ham –bir xonada qoʻnim topishgan. Eski pol ustiga ayrim joylari yirtilib ketgan lenolium solingan. Toʻgarak aʼzolari uchun jihozlar uyoqda tursin kiyinish xonasi ham yoʻq. Elektr tizimi taʼmirtalab, issiqlik tizimi uzib tashlangan, sanuzel deyarli yoʻq. Ha bolalar va yoshlar tomidan qor-yomgʻirlar suvi chakki oʻtadigan, qishda sovuq, jaziramada jon saqlash amri mahol xonalarda viloyatimizning nufuzli tadbirlariga tayyorgarlik koʻradilar. Navroʻz, Mustaqillik bayramlari va boshqa shodiyona, festivallar tantanalari, teatrlashtirilgan konsert dasturlarida aynan shu qorakoʻzlar – viloyat madaniyat markazining 800 nafarga yaqin aʼzolari bilan chiroyli oʻtadi.

Aytsam dilim, aytmasam tilim kuyar degan naql xuddi shu madaniyat fidoiylariga aytilgandek. Rost gap amaldorlarga yoqmaydi!!!

Lekin isteʼdod joy tanlamas ekan. Sharoitning nosozligiga qaramay ota-onalar farzandlarini boʻsh vaqtini unumli oʻtkazish uchun toʻgarak mashgʻulotlariga yetaklab kelishadi. Joy muammosi tufayli hozirda 128 ta toʻgarakdan 65 tasi ishlab turibdi. Bu raqam ham respublikada birinchi sanaladi. Ota-onalarning madaniy ehtiyojlari balandlab boryapti. Koʻpchilik ota-onalar balet maktabi tashkil qilishni iltimos qilmoqda. Chunki bolalarda skolioz (umurtqa qiyshayishi) kasalligini balet mashqlarigina bartaraf etarkan. Xonalar esa balet maktabi uchun moslashtirilmagan.

Muammolarni batafsil oʻrganish uchun direktorning qoʻlida saqlanayotgan hujjatlar bilan tanishdik. Markaz dastlab Fargʻona shahri Kashtanzor koʻchasida joylashgan 1903-yilda barpo etilgan tarixiy binoda faoliyat koʻrsatgan. Bino 2012-yilda rekonstruksiya qilinishi kerak edi.

Fargʻona shahar markaziy madaniyat uyining qayta qurish va qayta taʼmirlash toʻgʻrisida 28.08.2012-yil kungi 183/1-sonli shartnomaga asosan “Quvasoy qurilish savdo servis” xususiy korxonasi, viloyat hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi va markaziy madaniyat uyi oʻrtasida uch tomonlama shartnoma tuzilgan. Shartnomaga asosan taʼmirlash ishlari olib borilsada, nihoyasiga yetkazilmagan. Shunday qilib, shartnoma talablari bajarilmagan.

photo5210916660565879625.jpg

2019-yilning 18-mart kuni viloyat prokuroriga viloyat madaniyat markazi direktori T. Sheraliyeva imzosi bilan yozma murojaat yoʻllangan. Unda shunday deyilgan:

“Viloyat markaziy madaniyat uyi, “Quvasoy qurilish savdo servis” xususiy korxonasi va Fargʻona viloyati hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi oʻrtasida 2012-yil 28-avgustda mukammal taʼmirlash toʻgʻrisidagi 183/1-sonli shartnoma tuzilgan.

Mazkur shartnomaga koʻra qurilish ishlari 2014-yil 31-dekabrga qadar topshirishi lozim edi. Fargʻona tumanlararo iqtisodiy sudining 2018-yil 11-iyuldagi hal qiluv qarorida qurilish ishlarini yakunlab topshirish majburiyati yuklatilgan. Kassatsiya instansiyasi sudining 2019-yil 3-yanvardagi qarori Fargʻona tumanlararo iqtisodiy sudining 2018-yil 11-iyuldagi hal qiluv qarorini oʻzgartirishsiz qoldirgan.

“Quvasoy qurilish savdo servis” xususiy korxonasi va “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi shartnoma shartlari va sud tomonidan yuklatilgan majburiyatni bajarmasdan kelmoqda, biz esa hozirgacha binomizga koʻcha olmasdan sarson boʻlib yuribmiz...

Yuqordagilarni inobatga olib, sizdan binomizni taʼmirlash ishlarini yakunlanishi va topshirilishida amaliy yordam berishingizni soʻrayman”.

Direktorning aytishicha mazkur xat boʻyicha prokuratura tomonidan holatlar oʻrganilib tegishli hujjatlar va sud qarori viloyat majburiy ijro byurosiga topshirilgan.

Savol tugʻiladi. Viloyatda juda katta qurilish-bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda. Bir-biridan koʻrkam binolar qad rostlayotir. Nima uchun madaniy meros obyektlari roʻyxatiga kiritilgan tarixiy bino-shahar markaziy madaniyat uyi bir necha yillardan beri qayta rekonstruksiya qilinmayapti? Darhaqiqat, bu bino ancha vaqtdan buyon buyon tashqi devorlari, old eshik ustunlari nuragan, ichki taʼmirlash ishlari tugallanmay, qarovsiz koʻrinishda huvillab yotibdi.

photo5211042773690592262.jpg

Yoshlar madaniyat va sport markazining ikkinchi qavatida kar-soqovlar madaniyat markazi faoliyat olib boradi. Ular uchun yaratilgan sharoit hamin qadar boʻlsa koshki edi. Shiftdan chakki oʻtaverib shift va devorlar boʻyogʻi koʻchib, sargʻayib yotibdi. Mutlaqo taʼmirsiz, jihozlanmagan xonalar taʼbingizni xira qiladi. Bu yerda bir necha toʻgaraklar bilan bir qatorda 24 nafar aʼzolari boʻlgan kitobxonlik toʻgaragi ham mavjud ekan. Kitobxonlar uchun jihozlar, stol-stullarning yetarli emasligi yanada achinarli.

Fargʻona shahar Abdulla Qodiriy mavzesida joylashgan shahar madaniyat markazi noturarjoyga moslashtirilgan koʻp qavatli uylarning xonadonida faoliyat olib borarkan. Ichkariga kirsangiz bugungi zamonaviy xonalarning mutlaqo aksini koʻrasiz. Eskirgan, yaroqsiz lenolium ustiga ota-onalardan hadya qilingan eski palos toʻshab raqs mashgʻulotlari oʻtkazilarkan. 11 ta toʻgarak faoliyati xuddi shu zalda, tor-tanqis 2 ta xonada olib boriladi. Biroq shunga qaramasdan bu maskanda fidoyi insonlar mehnat qilishadi.Stol ustiga tartib bilan terilgan “Kitobxon formulyari” ga koʻz yugurtiramiz.

–Oʻtgan yili 200 nafar yosh kitobxonlarimiz bor edi, – deydi toʻgarak rahbari Nasibaxon Dehqonova. – 2019-yilning yanvar oyidan bugun kunga qadar kitobxonlar soni 120 nafarga yetdi. Bu yerga 5 ta mahalla fuqarolar yigʻini, 8-umumtaʼlim maktabidan kitobxonlar keladi. Koʻrib turganingizdek, kutubxonamiz juda tor, toʻrtta stul va bitta stoldan boshqa hech narsa yoʻq. Kitob javonimizda mingdan ortiq kitob bor. Yaqinda oʻquvchilarimiz bilan oʻz mablagʻimizga kitoblar xarid qildik. Shaxsiy nootbugimni shu yerga olib kelganman. Bolalar qiziqayotgan elektron badiiy kitoblarni fayllarga yuklab, keyin ularning telefoniga oʻtkazib beraman. 3-sinf oʻquvchisi Farangiz Mirzamahmudova eng faol kitobxon. Onasi Faridaxon Isaqova qizi bilan birgalikda kelib badiiy asarlarni olib ketadi. Yana bir yosh onalardan biri Ziyoratxon Sharipova qizlari Hamidaxon va Anisaxonni kitob mutolaasiga ishtiyoq uygʻotish uchun shu koʻrimsiz markazga olib kelib, kitoblar bilan tanishishadi. Oʻquv zalida kitob mutolaa qilishni hohlashadi. Biz ham shinam, yorugʻ xonalarda mashgʻulot oʻtkazishni istaymiz. Mutasaddilar bizning maskanimizga tashrif buyurib, sharoitlarimizni oʻrganib amaliy yordam berishsa...

Prezidentimizning 2018-yil 28-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorida aksariyat madaniyat va sanʼat muassasalarining moddiy-texnika bazasi zamon talablari va xalqaro standartlarga mos kelmasligi taʼkidlangan. Shuningdek, aholi, jumladan, yoshlarning ijodiy salohiyatini roʻyobga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish va kengaytirish, sohaga zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish, nogironligi boʻlgan shaxslarni madaniy hayotda faol ishtirok etishini taʼminlash kabi vazifalar belgilab qoʻyilgan.

Mazkur qaror eʼlon qilinganiga hademay bir yil boʻladi. Uning ijrosi yuzasidan mutasaddi tashkilot rahbarlari qachon mulohaza qilib, amaliy harakatga kirishishadi?! Yuqorida tilga olib oʻtilgan kamchiliklar viloyat markazida koʻzga tashlanib turgan muammolardan “bir lavha” xolos. Shahar, tumanlarga, chekka qishloqlardagi qulf solingan klublar, egasiz yotgan binolar, kirishga yurak betlamaydigan gʻarib va vayrona madaniyat markazlariga qachon va kimlar madad beradi?!

photo5211042773690592263.jpg

Maʼmura ABDURAHIMOVA,

Fargʻona viloyati.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Madadga muhtoj madaniyat markazi...