O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi homiyligida yangi kitob

Iste’doli yozuvchi Luqmon Bo‘rixonning “Tanlangan asarlar” kitobi O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi homiyligida nashrdan chiqdi.

Kitobdan adibning “Imom Moturidiy”, “Jaziramadagi odamlar” romanlari, “Sirli muallim va “Quyosh hali botmagan” qissalari, shuningdek, “Tokchadagi tumor”, “Ovchi qismati”, “Qo‘noq”, “Cho‘ldan kelgan tashvish”, “Kutilgan kun”, “Sut sotuvchi bola” kabi  eng sara hikoyalari joy olgan.

Luqmon Bo‘rixon zamonaviy o‘zbek nasrida o‘ziga xos uslubga, ohangga ega bo‘lgan yozuvchi. Hikoyalarining o‘zi adib imkoniyatlari naqadar kengligini aks etturuvchi ko‘zguga o‘xshaydi. Qissalari alohida bir dunyo. 

Asarlaridagi ruh, joziba qalbga yaqin. Qahramonlari notanish, begona emas, darrov taniysiz – shunday yon-atrofingizda yurgan, yashayotgan zamondoshlar – bugungi kun odamlari. 

Luqmon Bo‘rixon yangi davr kishisini butun borlig‘i bilan haqqoniy, ishonchli tasvirlashga usta adiblardan. Hikoya, qissa va romanlarini o‘qirkansiz, asar qahramonlari, ularning turmush tarzi, o‘y-xayollari, ichki olami, bosib o‘tayotgan og‘ir-yengil umr yo‘li, bu yo‘ldagi sinovlar shunday jonli ko‘rsatilganki, o‘zingizni xuddi bu qahramonlar bilan yonma-yon yashayotgandek his qilasiz, hayotdan sal vaqtliroq ketgan adib mahoratiga tan berasiz.

 Luqmon Bo‘rixon “Imom Motirudiy” romani bilan ko‘z o‘ngingizda nafaqat bugungi kun tahlilchisi, balki tariximizning, islom dini qonun qoidalarini chuqur biladigan, teran his etadigan tom ma’nodagi ziyoli inson, adib o‘laroq gavdalanadi.

Luqmon Bo‘rixonning “Tanlangan asarlar”ini  o‘qing.

                                                                                                               O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Luqmon Bo‘rixon: “Tanlangan asarlar”