Lozanna tatamisidagi bugungi kurashlarda 8 nafar dzyudochimiz sovrinli o‘rinlarga da’vogarlik qiladi
Bugun, 28-avgust kuni Shveysariyaning Lozanna shahrida dzyudo bo‘yicha "Katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi navbatdagi nufuzli turnir boshlandi.
Uch kun davom etadigan mazkur nufuzli musobaqada dunyoning 77 davlatining 513 nafar mahoratli dzyudochi yigit-qizlari 14 ta vazn toifasida kechadigan murosasiz bellashuvlarda sovrinli o‘rinlar bilan bir qatorda “Los-Anjeles-2028” Olimpiya o‘yinlari yo‘lidagi reyting ochkolari uchun bahs olib boradi.

Bugun kun davomida dzyudochi yigitlar -60 va -66 kilogramm og‘irlikda, qizlar -48, -52, -57 kilogramm vazn toifasidagi bellashuvlarda ishtirok etadi.
Kun davomidagi bellashuvlarda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolaridan Samariddin Qo‘chqorov va Bahrom Boturov 60 kilo og‘irlikda tatamiga chiqsa, -66 kilogrammda Abdurahim Nutfulloyev va Azizbek Ortiqov, qizlardan esa Laziza Haydarova va Ulbusin Hakimova -48 kilogrammda, Sita Kadambayeva -52 kilogrammda, So‘g‘diyona Rafkatova -52 kilo og‘irlikda Vatanimiz sharafini himoya qiladi.
Kecha nufuzli turnir oldidan mandat komissiyasining yig‘ilishi hamda vazn toifalari bo‘yicha qur’a tashlash marosimi o‘tkazildi.
Qur’a natijalariga ko‘ra, dzyudochilarimizning ilk saralash musobaqasidagi raqiblari ma’lum bo‘ldi:
-60 kg: Samariddin Qo‘chqorov – Ural Baxtiyarov (Turkmaniston)
-60 kg: Bahrom Boturov – Ali Popalzay (IJF Refugee Team)
-66 kg: Abdurahim Nutfulloyev – Florian Boyeker (Germaniya)
-66 kg: Azizbek Ortiqov – Hahik Martirosyan (Ukraina)
-81 kg: Arslonbek Tojiyev – Maksim Malshch (Germaniya)
-90 kg: Nurbek Murtazoyev – Vugar Talibov (Ozarbayjon)/Akaki Japaridze (Gruziya)
-90 kg: Umar Bozorov – Noa Kristians (Belgiya)/Lasse Shreyver (Germaniya)
-100 kg: Ernazar Sarsenbayev – Marat Baykamurov (Qozog‘iston)
-100 kg: To‘lqinbek Turdiyev – Maksims Duinovs (Latviya)
+100 kg: Muzaffarbek To‘raboyev – Munir Ertug (Turkiya)
Qizlar
-48 kg: Laziza Haydarova – Merve Azak (Turkiya)
-48 kg: Ulbusin Hakimova – Sabina Gulyazova (Rossiya)
-52 kg: Sita Kadambayeva – Paulina Martinez (Meksika)
-52 kg: So‘diyona Rafkatova – Gabriela Dimitrova (Bolgariya)
-63 kg: Marjona Nurulloyeva – Renata Zachova (Chexiya)
-70 kg: Xurshida Razzoqberdiyeva – Tamara Lishchenko (Rossiya)
-70 kg: Shirinjon Yuldasheva – Katarzina Sobiyerayska (Polsha)
-78 kg: Barchinoy Qodirova – Eliza Vroblevska (Polsha)
-78 kg: Marjona Ko‘chimova – Aleksandra Ryabchenko (Rossiya)
+78 kg: Umida Nig‘matova – Aida Toishibekova (Qozog‘iston)/Fernanda Kuimbira (Angola)
+78 kg: Irisxon Qurbonboyeva – Oksana Dyatsenko (Moldova)
Eslatib o‘tamiz, 30-avgustga qadar davom etadigan "Katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi “Lausanne Grand Slam 2026” xalqaro musobaqasida O‘zbekiston terma jamoasining 21 nafar a’zosi ishtirok etmoqda.
T.Ro‘ziyev, O‘zA