Buyuk Britaniya poytaxti Londonda joriy yil uchinchi marta kuchli issiqdan ogohlantirish e’lon qilindi. Shaharning sharqiy qismida chiqqan yong‘in natijasida 56 000 kvadrat metrdan ziyod maydon yongan. Bu taxminan sakkizta futbol maydoniga teng.
Yong‘in xizmati ma’lum qilishicha, ofatni bartaraf etishga 70 nafar yong‘in o‘chiruvchi jalb qilingan. Mutaxassis Darren Makternan tushuntirishicha, olovni daf qilish uchun maxsus tayyorlangan, yong‘in o‘chog‘iga yaqin masofada harakatlana oladigan texnika vositalari jalb etilib, 475 litr suv sarflangan.
Issiq havo sabab bo‘layotgan yuqori yong‘in xavfi munosabati bilan ma’muriyat aholini alohida ehtiyotkorlikka chaqirgan.