Londonda kichik samolyot halokatga uchradi
Kecha Londondagi Southend aeroportida tibbiy samolyot bilan baxtsiz hodisa yuz berdi. Havoga ko‘tarilgach, uchoq chap tomonga og‘ib, qisqa muddatda bosh qismi bilan yerga qulagan. Guvohlar kuchli portlash va yong‘in haqida ma’lumot bergan.
Aeroport fojiani “jiddiy voqea” deb atadi. Barcha reyslar vaqtincha bekor qilindi. Politsiya, yong‘in, tez yordam xizmati hamda aviatsiya tergovchilari voqea joyida ish olib bormoqda.
Samolyot Niderlandiyaga uchayotgan edi. Qurbonlar soni va umumiy tafsilot hozircha oshkor etilmadi. Rasmiylar fuqarolardan aeroport yaqiniga bormaslikni so‘ragan.
Musulmon Ziyo, O‘zA