7-10-may kunlari O‘zbekiston elchixonasi tashabbusi bilan Britaniyaning Vestminster universiteti bilan hamkorlikda London shahrida “Global Uzbekistan Festival” haftaligi doirasida madaniy-ma’rifiy va sport tadbirlari tashkil etildi.

Har yili keng ko‘lamda o‘tkaziladigan mazkur anjumanda qatnashish uchun Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti (WIUT) rahbariyati boshchiligida professor-o‘qituvchilar, talabalaridan iborat 30 kishilik delegatsiya Londonga bordi.

Haftalik doirasida Rivojlanish siyosati tadqiqoti simpoziumi, teatrlashtirilgan sahna ko‘rinishi, musobaqa, talabalar yillik anjumani tashkil etildi. WIUT prorektori Bahrom Mirqosimov va Adelaida universiteti iqtisodiyot professori Richard Pomfret hammuallifligida nashr etilgan “Yangi O‘zbekiston: Uchinchi Renessans” kitobining rasmiy taqdimoti o‘tkazildi.

Asarda O‘zbekiston rahbariyati tomonidan 2016-yildan boshlab mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar, jumladan makroiqtisodiy asos, biznes va investitsiya muhiti, energetika, transport, sog‘liqni saqlash, ta’lim va gender tenglikni ta’minlash kabi ko‘plab yo‘nalishlarda erishilgan yutuqlar tahlil qilingan.

Vestminster universiteti rektori, professor Piter Bonfild kitob haqida fikr bildirarkan, yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli yangilanishlarni, jumladan oliy ta’lim yo‘nalishidagi ijobiy o‘zgarishlarni, xalqaro ta’lim standarti doirasida yangi tashkil etilayotgan oliy ta’lim dargohlari faoliyatini yuqori baholadi.

– O‘zbekistonda yoshlar, ta’lim oluvchilar va tadqiqotchilar uchun barcha sharoit mavjud, – dedi u. – Bu imkoniyatlardan unumli foydalanish zarur.

Mamlakatimizning Britaniyadagi Favqulodda va muxtor elchisi Ravshan Usmonov ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikning joriy holati va istiqboli xususida ma’lumot berdi.

Investitsiyaviy, savdo-iqtisodiy, mahsulotlar eksporti, yirik loyihalarni birgalikda amalga oshirish, ta’lim hamda turizm sohalarida hamkorlikni yanada jadallashtirish muhimligi o‘zaro ma’qullandi.

Taqdimotdan so‘ng Vestminster universitetida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar bilan davra suhbati o‘tkazildi. Vakillarimiz “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, “O‘zbekiston-2030” strategiyasida ta’lim sohasini isloh qilish bo‘yicha belgilangan ustuvor yo‘nalishlar haqida so‘z yuritishdi.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Londonda “Global Uzbekistan Festival” haftaligi o‘tkazildi