Shu kunlarda Buyuk Britaniyaning London shahri "Fightning Academy" klubi sambochilari poytaxtimizda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazmoqda.

Kecha "Fightning Academy" klubi sambochilari va poytaxt o‘smirlar terma jamoasi vakillari ishtirokida o‘rtoqlik musobaqasi tashkil etildi.  

Qiziqarli va shiddatli bellashuvlarga boy kechgan musobaqada  Toshkent shahri jamoasi 2:1 ko‘rinishida g‘alabaga erishdi.  

Sambo sport bayrami ko‘rinishini olgan turnirda Olimpiya o‘yinlari sovrindori, Xalqaro dzyudo federatsiyasi departamenti boshlig‘i Armen Bagdasarov, "Fighting Academy" klubi prezidenti Oley Sibilev, O‘zbekiston sambo assotsiatsiyasi raisi Alisher Alimov, sport ustasi, xalqaro turnirlar g‘olibi Ma’ruf Mahmudov kabi nomdorlar qatorida faxriylar, yosh sportchilar ishtirok etdi.  

Bellashuvlar yakunida ishtirokchilarga maxsus kubok, medal, diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.  

T.Ro‘ziyev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
London sambo klubi a’zolari Toshkentda