“Lokomotiv” yirik hisobda g‘alaba qozondi
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston XXV milliy chempionati oliy ligasi uchinchi tur uchrashuvlari doirasida “Lokomotiv” jamoasi “Neftchi” klubini 4:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston XXV milliy chempionati oliy ligasi uchinchi tur uchrashuvlari doirasida “Lokomotiv” jamoasi “Neftchi” klubini 4:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.Marat Bikmayevning ikkita, Temurxo‘ja Abduxoliqov va Kaxi Maxaradzening bittadan goliga farg‘onaliklar javob qaytara olmadi. Uchta o‘yinda uch g‘alabaga erishgan “temiryo‘lchi”lar 9 ochko bilan musobaqa jadvalida peshqadamlik qilmoqda.
Shuningdek, yana uchta jamoa 9 ochko jamg‘argan. Uchinchi turda “Metallurg” klubi o‘z maydonida “Sho‘rtan” jamoasini 3:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa, “Nasaf” “Obod”ni 1:0 hisobida, “Qizilqum” esa “Olmaliq”ni 2:1 hisobida yengdi.
“Qo‘qon – 1912” jamoasi “Andijon” klubi ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozongan bo‘lsa, “Bunyodkor” va “Mash’al”, “Buxoro” va “Paxtakor”, “Navbahor” va “So‘g‘diyona” jamoalari o‘rtasidagi bahslarda hisob ochilmadi.