“Lokomotiv” hamda AGMK jamoalari nazorat uchrashuvini oʻtkazdi (Fotoreportaj)
Xabaringiz bor, joriy yil 16-martdan rejalashtirilgan barcha futbol musobaqalari koronavirus pandemiyasi sababli vaqtincha toʻxtatilgandi.
Xabaringiz bor, joriy yil 16-martdan rejalashtirilgan barcha futbol musobaqalari koronavirus pandemiyasi sababli vaqtincha toʻxtatilgandi.
Respublika maxsus komissiyasining joriy yil 29-maydagi 26-sonli yigʻilish bayoniga asosan professional futbol klublariga oʻz oʻquv-mashgʻulotlarini sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq holda boshlashiga hamda joriy yil 5-iyun kunidan Oʻzbekiston Professional futbol ligasi chempionatlarini davom ettirilishiga rasman ruxsat berildi.
Ayni damlarda esa futbol klublari oʻrtoqlik uchrashuvlarini oʻtkazishmoqda. Kecha poytaxtimizdagi Toshkent temir yoʻl muhandislari instituti stadionida “Lokomotiv” hamda AGMK jamoalari nazorat uchrashuvini oʻtkazdi.
Nazorat uchrashuvi: “Lokomotiv” - AGMK 0:1.
6-iyun. Toshkent. TTYMI stadioni.
Gol: Mirjamol Qosimov 40.
“Lokomotiv”: Ignatiy Nesterov, Shuhrat Muhammadiyev, Davron Hoshimov, Sherzod Fayziyev, Deyan Damyanovich, Davron Umirov, Kaxi Maxaradze, Vadim Afonin, Marat Bikmayev, Temurxoʻja Abduxoliqov, Kirill Pogrebnyak.
Zaxiradan tushganlar: Javohir Ilyosov, Shahzod Shaymanov, Jaloliddin Jumaboyev, Oybek Qilichev, Kamron Saydazimov, Javohir Alijonov, Abdul Aziz Yusupov, Asadbek Ergashev, Ibrohim Gʻanixonov, Bobur Asqarov, Dilshod Komilov.
AGMK — Suhrobjon Sultonov - Akmal Shorahmedov, Igor Zonich, Sardor Rahmonov, Saydullo Rahmatov - Yovan Jokich, Mirjamol Qosimov, Bahrom Abdurahimov - Sanjar Tursunov, Zafar Polvonov, Murodjon Toshmatov.