BMTning tegishli idorasi Tripolida inson huquqi buzilishi va “sudsiz qatlning ehtimoliy dalillari” mavjudligidan xavotir bildirdi, deb yozmoqda "Euronews".

Manbaga ko‘ra, kecha Liviya poytaxti qurolli militsiya nazorati ostidagi hibsxonalarda o‘nlab jasadlar topilgan.

Davlat xavfsizlik xodimlari va qurolli guruhlar o‘rtasidagi to‘qnashuv Tripolida zo‘ravonlikni to‘xtatishga chaqiruvchi norozilik namoyishlarini keltirib chiqardi. Natijada bir necha begunoh inson va bir politsiyachi halok bo‘ldi. Shuningdek, infratuzilmaga jumladan, shifoxonalarga sezilarli ziyon yetdi.

BMT huquq idorasi keyinchalik Abu Salim mahallasidagi qarorgoh yonib ketgani, 10 kishining jonsiz tanasi, shifoxonalar muzlatgichlarida yana 67 nafar o‘lik topilgani haqida ma’lumot olganini oshkor qildi.

Liviya yillar davomida sharq va g‘arbdagi raqib ma’muriyatlar o‘rtasida bo‘linib yashab kelmoqda. Tomonlar turli qurolli guruhlar yoki xorijiy hukumatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi.

Musulmon Ziyo, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Liviya harbiy hududida o‘nlab jasad topildi