"Liverpul" Kodi Gakpo o'rniga ikkita nomzod topdi
Transfermarkt har ikki futbolchining bozor qiymatini 45 million yevroga baholamoqda.
“Liverpul” hujumchisi Kodi Gakpo faoliyatini “Manchester Siti”da davom ettirishi mumkin.
Transfer News Live jurnalist Fabritsio Romanoga tayanib xabar berishicha, mersisaydliklar niderlandiyalik futbolchiga munosib o‘rinbosar topa olsa, uni “Manchester Siti”ga sotishga tayyor. Gakponing o‘zi “shaharliklar” taklifiga rozilik bildirgan va endi klublar transfer bo‘yicha kelishuvga erishishini kutmoqda.
“Liverpul” Gakponing o‘rnini to‘ldirish uchun ikki futbolchini ustuvor nomzod sifatida ko‘rib chiqmoqda. Bular “Brayton”ning 22 yoshli vingeri Yankuba Minte hamda “Kristal Pelas”ning 28 yoshli futbolchisi Ismaila Sarr.
Transfermarkt har ikki futbolchining bozor qiymatini 45 million yevroga baholamoqda.
“Liverpul” esa Gakpo transferidan taxminan 100 million yevro ishlab olishi mumkin.