Litva hukumati kelasi yildan boshlab mamlakat yalpi ichki mahsulotining 5-6 foizini mudofaa xarajatlariga sarflashni rejalashtirmoqda, dedi o‘lka mudofaa vaziri Dovile Shakalen.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Litva barcha NATO davlatlarini AQSH prezidenti Donald Trampning chaqiriqlariga quloq tutish va mudofaa xarajatlari uchun YAIMning 5 foizigacha oshirish tarafdori.
Shakalen shuningdek, Litva harbiy sanoatining 20 foizini AQSHdan, 80 foizini esa Germaniya, Fransiya, Norvegiya, Polsha, Shvetsiya, Finlyandiya va boshqa Yevropa davlatlaridan sotib olishini ta’kidladi.
Yanvar oyida Litva prezidenti Gitanas Nauseda Vilnyus mudofaa xarajatlarini faqat 2026-2030-yillarda 5-6 foizgacha oshirish niyatida ekanini ta’kidlagandi.
S.Rahimov, O‘zA