Mamlakatimizda litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartiblarini takomillashtirish, davlat xizmatlarini ko‘rsatishda byurokratizm va ma’muriy to‘siqlarni bartaraf etish, shu jumladan aholining masofadan turib elektron davlat xizmatlaridan mustaqil ravishda foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Parlament quyi palatasining majlisida muhokama qilingan litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillarini yanada takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi bozorda teng sharoitlar va raqobat muhitini ta’minlashga xizmat qiladi.  

Qayd etilganidek, ushbu qonun loyihasida tadbirkorlik sub’ektlarining 12 turdagi litsenziya, ruxsat berish va xabarnoma olish talabi bekor bo‘lishi, litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillaridan o‘tish bo‘yicha arizalarni Davlat xizmatlari markazlari orqali ham taqdim etish imkoniyatini yaratish belgilanmoqda.

Amaldagi 3 ta kodeks, 5 ta qonunga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilayotgan mazkur hujjat loyihasi litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillarini qisqartirish borasida olib borilgan islohotlarni o‘zida aks ettiradi. Qonun loyihasining qabul qilinishi litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillarini yanada soddalashtirishga, tadbirkorlik sub’ektlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va raqobat muhitini ta’minlashga xizmat qiladi.

Muhokamalardan so‘ng qonun loyihasi uchinchi o‘qishda qabul qilinib, Senatga yuboriladigan bo‘ldi.

M.Komilova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Litsenziyalash bo‘yicha arizalar Davlat xizmatlari markazlari orqali taqdim etilishi mumkin